• 4-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish xizmati
  • -§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan hamrohlik xizmati




    Download 1,37 Mb.
    bet19/25
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #263644
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
    3-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan hamrohlik xizmati
    26. Bartel va Lauton shkalasi bo‘yicha 54 — 62 ball to‘plagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga tibbiyot va sport muassasalariga borishda ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.
    27. Hamrohlik xizmatini ko‘rsatish individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan muddatlarda, biroq bir oyda ko‘pi bilan 3-marta amalga oshiriladi.
    O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning xohishiga ko‘ra, hamrohlik xizmati ko‘rsatiladigan kunlar individual ijtimoiy xizmatlar rejasidagi soatlardan oshmagan holda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga belgilangan boshqa kuni ko‘rsatilishi mumkin.
    28. Ijtimoiy xodim assistentlariga o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ko‘rsatilgan hamrohlik xizmatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanadi.
    Bunda tibbiyot yoki sport muassasalari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyidan 1 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan bo‘lgan taqdirda, hamrohlik xizmati uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanmaydi.
    29. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga tibbiyot va sport muassasalariga borishda hamrohlik xizmati volontyorlar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin.
    4-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish xizmati
    30. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uy-joy-maishiy sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish (keyingi o‘rinlarda — moslashtirish) zaruratini aniqlash o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning funksionalligini baholash natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    31. Moslashtirish uchun zarurat aniqlangan taqdirda, ushbu xizmat individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga kiritiladi.
    Individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga asosan ijtimoiy xodim 5 ish kuni ichida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning uyiga borib, moslashtirish bo‘yicha talablarni shakllantiradi va “Inson” markazi direktoriga kiritadi.
    Bunda agar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs yashash joyida (uy yoki xonadon) ijara asosida yashayotgan taqdirda belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligini olish talab etiladi.
    32. Moslashtirish xizmati oshxona, yotoqxona, yuvinish joylari, hojatxona devoriga tutqich, kirish joylaridagi to‘siqlarni bartaraf etish, kirish yo‘llarini kengaytirish, kirish yo‘liga pandus qo‘yish, yuvinish joylarini moslashtirish, shuningdek, santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish va zaruratga ko‘ra boshqa ishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
    33. “Inson” markazi moslashtirish bo‘yicha talablarni shakllantirganidan keyin 3 ish kuni ichida unga kiritilgan ishlarning amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovnoma tayyorlaydi va kelishish uchun tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limiga kiritadi.
    Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi mazkur bandda ko‘rsatilgan so‘rovnomani 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda kelishadi yoxud asoslangan e’tirozlar bilan qayta ko‘rib chiqish uchun “Inson” markaziga yuboradi.
    34. “Inson” markazi talabnomaga muvofiq ishlarning amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishilgan so‘rovnomani tuman (shahar) hokimligiga kiritadi.
    Tuman (shahar) hokimligi 3 ish kunida “Inson” markazining so‘rovnomasida ko‘rsatilgan ishlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan ijrochilar, moliyalashtirish manbalari hamda aniq muddatlarini ko‘rsatgan holda moslashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi va qaror nusxasi “Inson” markaziga hamda so‘rovnomada ko‘rsatilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga yuboriladi.
    Bunda so‘rovnomadagi ishlar bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda “Inson” markazining muntazam nazorati ostida bajariladi.
    35. Moslashtirish tadbirlariga talab etiladigan mablag‘lar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va uning hududiy Kengashlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, homiylar hamda qonunchilik hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
    36. “Inson” markazining so‘rovnomasiga asosan moslashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, ushbu ishlarni bajargan tashkilot, “Inson” markazi hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs tomonidan Ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi.

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan hamrohlik xizmati

    Download 1,37 Mb.