• 8-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek, uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘ngillilarni jalb etish
  • -§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlar, do‘stlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish xizmati




    Download 1,37 Mb.
    bet21/25
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #263644
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    7-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlar, do‘stlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish xizmati
    46. Mazkur xizmatlar mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
    Qarindoshlar, do‘stlar va boshqa shaxslar bilan muloqotini tiklashda ijtimoiy xodim muloqot tiklanishi zarur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrga kiritilgan shaxslardan oladi. Muloqotni tiklash uchun zarur ko‘mak shaklini aniqlaydi.
    Bunda muloqotni tiklash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
    imtiyozli transport chiptasini xarid qilishda ko‘maklashish;
    telefon aloqasidan imtiyozli foydalanish bo‘yicha so‘rov kiritish;
    ijtimoiy tarmoqlar orqali audio va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish.
    47. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlari, do‘stlari va boshqa shaxslar bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmaganida, “Inson” markazi ichki ishlar organlariga so‘rovnoma kiritadi.
    48. Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida “Inson” markazining so‘rovnomasiga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlarini topish choralarini ko‘radi.
    O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlari topilgan taqdirda, bu haqida “Inson” markaziga xabarnoma yuboriladi.
    49. “Inson” markazi to‘plangan ma’lumotlar yoki ichki ishlar organlarining xabarnomasiga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning qarindoshlari bilan bog‘lanadi (telefon qilish, xat yuborish yoki boshqa usullar orqali), ularning o‘zgalar parvarishiga muhtoj qarindoshi holati to‘g‘risida xabar beradi va ushbu Reglamentning 46-bandida belgilangan shakllarda qarindoshlik aloqalarini tiklash chorasini ko‘radi.
    50. Mahalladagi ijtimoiy xodim ikki haftada bir marotaba o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning xohishiga ko‘ra tyutorlik orqali mustaqil (taksi va yetkazib berish xizmatiga) buyurtma berish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishga o‘rgatadi.
    Bunda tyutorlik xizmati o‘zgalar parvarishga muhtoj shaxsning uyiga borgan holda ko‘rsatiladi.
    51. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda o‘tkaziladigan to‘garak va tadbirlarga, musiqa va san’at maktablari hisobot konsertlariga, teatr tomoshalariga, shuningdek, ommaviy sport va vorkaut maydonchalariga jalb qilinadi.
    52. Musiqa va san’at maktablari hisobot konsertlari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari teatr tomoshalari, “Nuroniylar maskani” majmualari tadbir va to‘garaklar o‘tkazilish vaqti va joyi haqida oldindan “Inson” markazlariga doimiy xabar berib boradi.
    Mahalladagi ijtimoiy xodim hisobot konsertlari va teatr tomoshalari, shuningdek, “Nuroniylar maskani” majmualari va mahallalarda bo‘ladigan to‘garak va tadbirlar o‘tkazish vaqti va joyi haqida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xabar beradi va ular konsertga va teatr tomoshasiga borishga rozi bo‘lgan taqdirda, konsert va teatr tomoshasiga borib kelishda ularga hamrohlik qiladi.
    Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ijtimoiy xodim assistenti yoki volonterlar tomonidan ham hamrohlik qilinishi mumkin.
    53. Mahalladagi ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistenti tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga u yashayotgan hudud atrofidagi ommaviy sport va vorkaut maydonchalari joylashgan joyi va ish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berib boradi.
    O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun ommaviy sport va vorkaut maydonchalariga borib kelishda hamrohlik qiladi.
    8-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek, uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘ngillilarni jalb etish
    54. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga vasiylik yoki homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni jalb qilish mahalla raislari tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
    Mahalladagi ijtimoiy xodim:
    mahalla raislariga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va ularga zarur yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritib boradi;
    mahalladagi ko‘ngilli sifatida zarur yordamni ko‘rsatish istagida bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
    biriktirilgan hududda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash choralarini ko‘radi.
    Mahalla raislari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yoshlar uchun o‘rnak bo‘lishi, mahalla farovonligiga xizmat qilishi va jamiyat uchun boshqa muhim ahamiyati haqidagi tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
    55. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning roziligi asosida ko‘ngillilar (volonterlar) ijtimoiy xodim yoki ijtimoiy xodim assistenti bilan birgalikda ularga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, ular bilan sayr va (yoki) muloqot qilish, madaniy va sport tadbirlariga borishda hamrohlik qilishlari mumkin.

    Download 1,37 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning qarindoshlar, do‘stlar va boshqa shaxslar bilan muloqoti hamda kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish xizmati

    Download 1,37 Mb.