|
-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish
|
bet | 23/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
3-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish
62. “Inson” markazlari tomonidan uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlari lavozimi har bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs uchun ajratilgan vaqt normalarida o‘zgarishlar bo‘lganda, har oy yakuni bilan Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma) kiritadi.
63. Hududiy boshqarmalar tomonidan shtatlar jadvaliga kiritilayotgan o‘zgartirishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Agentlikka kiritiladi.
64. Agentlik tomonidan shtatlar soniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar jami amaldagi shtatlar sonidan ko‘p yoki kam bo‘lganda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
65. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. “Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar hamda ijtimoiy xodim assistentlari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlashi shart.
67. Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar hamda ijtimoiy xodim assistentlari hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarining faoliyati ustidan, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
68. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi reglamentga
1-ILOVA
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Parasport o‘yinlari tasnif qoidalari va prinsiplari”ga ko‘ra parasport bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha berilgan tavsiyalariga asosan sport obyektlariga yo‘naltirish bo‘yicha
MA’LUMOT
|
| |