|
-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish xizmati
|
bet | 20/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
5-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish xizmati
37. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs nomidan “Inson” markazi tomonidan kiritilgan so‘rovnomaga asosan bepul asosda amalga oshiriladi.
38. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish zarurati quyidagicha aniqlanadi:
mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan — uyma-uy yurish orqali har bir xonadon (oila) ahvolini o‘rganish natijasida;
ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan — uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish natijasida.
39. Quyidagi holatlarda ijtimoiy xodim tomonidan 1 ish kuni ichida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi:
ushbu reglamentning 38-bandidagi asoslarga ko‘ra dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish zarurati aniqlanganda;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish kiritilgan taqdirda.
40. Tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng, 3 ish kuni ichida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazadi.
6-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni huquqiy muhofaza qilish xizmati
41. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning huquqiy muhofaza choralariga ehtiyoji quyidagilar asosida aniqlanadi:
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning og‘zaki, yozma yoki elektron shakldagi murojaatlariga asosan;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga huquqiy muhofaza choralarini ko‘rish belgilangan taqdirda;
ijtimoiy xodimlar tomonidan renta to‘lovchi tomonidan umrbod renta shartnomasi shartlariga rioya etilishini monitoring qilish natijasida aniqlangan holatlar bo‘yicha;
ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan — uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha.
42. “Inson” markazi tomonidan mazkur reglamentning 41-bandidagi asoslarga ko‘ra huquqiy muhofaza qilish choralarini ko‘rish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi huquqiy muhofaza qilish choralarini ko‘rish uchun “Inson” markazi direktori tomonidan tasdiqlangan talabnoma yuboriladi:
tuman (shahar) adliya bo‘limiga — huquqiy maslahat berish, aliment undirish, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga bo‘lgan huquqlarni belgilash yuzasidan sudga kiritiladigan arizalarni tayyorlash uchun;
tuman ichki ishlar organlariga — shaxsni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, shuningdek tazyiq va kamsitilish holatlarini bartaraf etish uchun;
tuman ichki ishlar organlari yoki tuman (shahar) adliya bo‘limiga — o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklash yoki almashtirish, voyaga yetmagan farzandlariga tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma olishda ko‘maklashish uchun.
43. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Inson” markazining o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga huquqiy maslahat berish to‘g‘risidagi talabnomasi kelib tushgandan so‘ng, 15 kun ichida yozma shaklda talabnomada ko‘rsatilgan masala yuzasidan huquqiy tushuntirish va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Huquqiy tushuntirish o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga va “Inson” markaziga yuboriladi.
44. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklash yoki almashtirish “Inson” markazi talabnomasi asosida davlat boji undirilmagan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
45. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Inson” markazining o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs foydasiga aliment undirish, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash yuzasidan sudga kiritiladigan arizalarni tayyorlash to‘g‘risidagi talabnomasi kelib tushgandan so‘ng, 5 ish kunida ariza yoki da’vo arizasi loyihasi shakllantirilib, “Inson” markaziga yuboriladi.
“Inson” markazi tuman (shahar) adliya bo‘limi tomonidan shakllantirilgan ariza yoki da’vo ariza asosida sudga murojaat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish xizmati
|