|
-§. Shoshilinch ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
|
bet | 22/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
9-§. Shoshilinch ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
56. Shoshilinch ijtimoiy xizmat shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillar aniqlangan taqdirda, 24 soat ichida tashkil etiladi.
Shoshilinch ijtimoiy xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tuman (shahar) adliya bo‘limlari orqali — birlamchi yuridik yordam;
“Inson” markazlari orqali — ijtimoiy va psixologik maslahat berish;
ichki ishlar organlari orqali — vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash uchun tegishli ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari orqali — tibbiy-yordam ko‘rsatish uchun davolash-profilaktika muassasalarini jalb etish.
Shoshilinch ravishdagi xizmatlarni tashkil etish uchun “Inson” markazi direktori o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga shoshilinch ijtimoiy xizmatni ko‘rsatish to‘g‘risida zudlik bilan qaror qabul qiladi hamda mas’ul ijtimoiy xodimni belgilaydi. Zarurat bo‘lganda, tegishli davolash-profilaktika muassasalari jalb etiladi.
57. Shoshilinch ijtimoiy xizmat o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs reyestrga kiritilgunga qadar ham amalga oshirilishi mumkin.
10-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarni parasport bilan shug‘ullanishlari uchun sport obyektlariga yo‘naltirish
58. O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Parasport o‘yinlari tasnif qoidalari va prinsiplari”ga ko‘ra parasport bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan berilgan tavsiyalariga asosan sport obyektlariga yo‘naltiriladi.
59. Vakolatli organ tomonidan tavsiya berilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shaklda har 15 kunda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy parasport bo‘linma) kiritiladi.
60. Hududiy parasport bo‘linmasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga mos keladigan seksiya va seksiya joylashgan sport muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini kiritib, “Inson” markaziga yuboradi.
61. “Inson” markazi o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga tavsiya etilgan sport muassasasiga mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq yo‘llanma beradi.
|
| |