O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘G‘risida
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi reglamentga 2-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 52-band bilan to‘ldirilsin: “52. O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qarorni ko‘rsatgan taqdirda davlat muzeylariga bepul kiritiladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 152-bandida: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”; yettinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n ikkinchi xatboshidagi “yoki “Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma” so‘zlari “, “Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma” yoki Inson markazining O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomning 54-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Markaz direktori va xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga, hududiy markazlar direktori va xodimlari — mos ravishda tuman “Inson” ijtimoiy xizmat markazlarining rahbar va xodimlariga tenglashtirish. Bunda, tegishli lavozimlarni tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi”. 5. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-dekabrdagi 769-son qarorida: a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligini” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash TARKIBI
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas’ul shaxslar kiritiladi.” v) 2-ilovada: 11-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 7-bandida: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalari) rasmiylashtirishda ular O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritilguniga qadar davlat boji to‘lovi undirilmaydi.”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. ilovaning 2-ilovasi “I. Murojaat qiluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limining “1. Shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari” quyidagi mazmundagi blok bilan to‘ldirilsin: “o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”. 7. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarorida: a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”; b) ilovaning 4-bandi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs”. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-apreldagi 153-son qaroriga 2-ilovaning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xodimlar umumiy cheklangan soni — 138, shundan markaziy apparatda — 73 (professor-o‘qituvchilardan tashqari) va hududiy filiallarda — 65 nafar. Professor-o‘qituvchilar soni 25 nafardan kam bo‘lmagan holda, talabalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. O‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi”. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga 4-ILOVA Download 1,37 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘G‘risida
|