|
Hayot faoliyati sohasini baholash
|
bet | 16/25 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #263644 |
Hayot faoliyati sohasini baholash
|
Multidissiplinar guruhning xulosalari
|
I. Yashash holatini baholash bo‘yicha xulosa
|
|
II. Individual ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasining tuzilishi
|
|
III. Individual ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasining amalga oshirilishi
|
|
IV. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligini hamda ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Multidissiplinar guruh xulosasi: ____________________________________________________________________
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi
|
Imzo
|
_________________________
|
|
|
(F.I.O.)
|
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi
|
Imzo
|
_________________________
|
|
|
(F.I.O.)
|
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi vakili
|
Imzo
|
_________________________
|
|
|
(F.I.O.)
|
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga (keyingi o‘rinlarda — reyestr) kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Reyestrga kiritilgan shaxslarning har biri uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) shakllantiriladigan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish ta’minlanadi.
3. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar belgilanadi:
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, dispanserizatsiya ko‘rigidan o‘tkazish, sanatoriy-sog‘lomlashtirish, zarurat bo‘lganda statsionar, ixtisoslashtirilgan, ambulator yoki uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish, imtiyozli dori vositasi bilan ta’minlash, nogironlikni belgilash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, patronaj hamshira qatnovi sonini belgilash tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi sog‘lomlashtirish tadbirlari;
ijtimoiy xodim assistenti tomonidan amalga oshiriladigan ovqat tayyorlash, supurish-yig‘ishtirish, kiyim-kechaklarni yuvish, gigiyena tadbirlarini amalga oshirish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish, xonadondagi santexnika jihozlarini ta’mirlashda (uy-joyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarni jalb qilish) ko‘maklashish, sartaroshlik xizmatidan foydalanishda va qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalarda ko‘maklashish hamda hamrohlik xizmatini (tibbiyot va sport muassasalariga) ko‘rsatish tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi uyda maishiy xizmat ko‘rsatish tadbirlari;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning turar joyini kuz-qish mavsumiga tayyorlashda ko‘maklashish, santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish va markazlashgan isitish tizimini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, yotoqxona, oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi va yo‘laklarni to‘siqsiz harakat uchun moslashtirish, sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni mas’ul tashkilotlarni jalb qilish orqali ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash tadbirlari;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan bepul ta’minlash, zarurat bo‘lganda, nafaqalar va moddiy yordam olish, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini olish, vasiylik va homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘ngillilarni jalb etish, psixologik xizmat, vasiy va homiy biriktirilishida ko‘maklashish, tyutorlik orqali mustaqil (taksi va yetkazib berish xizmatiga) buyurtma berish va onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishga o‘rgatish tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlari;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda, shaxsni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishda, alimentlarni olishda, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga bo‘lgan huquqlarni belgilashda hamda tazyiq va kamsitilish holatlarini bartaraf etishda ko‘maklashishni, shuningdek, huquqiy maslahat berishni o‘z ichiga oluvchi huquqiy muhofaza qilish tadbirlari;
qarindoshlar, do‘stlar va boshqa shaxslar bilan muloqotini tiklashda, madaniy (musiqa va san’at maktablari hisobot konsertlari, teatr, davra suhbatlari, uchrashuvlar, treninglar) tadbirlariga borishni va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil qilish, ko‘ngillilarni jalb qilish tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi muloqot va dam olish doirasini kengaytirish tadbirlari.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar tegishliligi bo‘yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
|
| |