|
S qishloq xo’jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija (foyda minus zarar);
S
|
bet | 53/107 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #125754 |
Bog'liq portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursiS qishloq xo’jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija (foyda minus zarar);
S foyda olib yoki zarar ko’rib ishlayotgan korxonalar soni;
S umuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining va jumladan o’simlikchilik hamda chorvachilikning rentabellik darajasi.
Aloxida uy xo’jaliklarining oziq-ovqat xavfsizligiga asosan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad ta’sir ko’rsatadi, chunki har bir kishining amalda oziq- ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari daromadlarning darajasiga bog’liq. Daromadlar o’z navbatida oiladagi ishlovchi a’zolarning ish haqi miqdoriga, nogironlar, pensionerlar va aholining kam ta’minlangan qatlamlarining pensiyalari va ijtimoiy nafaqalariga; individual faoliyatdan keladigan daromadlarga bog’liq bo’ladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan xarajatlarning real pul daromadlari bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining, ASMning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati mahsulotlari narxlarining o’zgarishlari bilan korrelyasiyalashuvi yuz beradi.
Aholi ovqatlanishining miqdor va sifat ko’rsakichlari bo’yicha quyi chegarasi tarkibiga ma’lum bir tovar va xizmatlar to’plami kiritiladigan minimal iste’mol savati sifatida qarash mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim natijaviy ko’rsatkichi bo’lgan oziq- ovqatlar savatining qiymati aynan o’sha iste’mol savatidagi mahsulot to’plamiga bog’liqdir. Uning miqdori aholining muayyan guruhlari uchun ularning jinsi va yoshini inobatga olgan holda minimal iste’mol me’yorlarini tovar ishlab chiqariladigan tarmoqda: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi-qayta ishlash-mahsulotni pirovard iste’molchiga sotish sohasida qaror topgan o’rtacha narxlarga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab chiqiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, turli mamlakatlarda minimal iste’mol savatining me’yorlari ilmiy asoslangan ovqatlanish me’yorlaridan ahamiyatli darajada farqlanishi mumkin.1
Minimal iste’mol savatining tovar va xizmatlar to’plamidan kelib chiqqan holda yashash minimumi aniqlanadi, u bir kishi uchun insonning minimal bioijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydigan minimal iste’mol savatining qiymatiga teng bo’lgan minimal daromaddan iborat. Shuni inobatga olgan holda yashash minimumi quyidagilar uchun mo’ljallangan:
turmush darajasini baholash;
kambag’allik darajasini aniqlash;
ijtimoiy siyosatning yo’nalishlarini asoslash;
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to’lovlarning eng kam miqdorlarini
asoslash.
Ko’rsatib o’tilgan omillarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilishning quyidagi ko’rsatkichlari asosida baholash mumkin:
aholi daromadlarining xarid qobiliyatini baholash: minimal va o’rtacha oylik
ish haqining, minimal pensiyaning yashash minimumiga nisbati:
agar ushbu nisbatning qiymati 1 ga teng bo’lsa, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol
qilish darajasi minimal iste’mol savatiga mos bo’ladi.
agar nisbatning qiymati 1 dan katta bo’lsa,oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol
qilish darajasi minimal iste’mol savatidan kattaroq bo’ladi.
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini amalda jon boshiga iste’mol qilinishi miqdori.
|
| |