|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 3-11JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–30_Issue-3_Iyun_2023
7
holatlari aniqlanadi.
Bakterioskopiyada to‘qimalardagi mikroblar miqdori aniqlandi.
Go‘shtni suyakdan ajratib, tajriba tarozilarda o‘lchanadi. GOST 24104-95 bu orqali
go‘shtning miqdori aniqlanadi. Yarim tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy
ko‘rsatkichlari GOST 49121-94 va TU 28-19-94 bo‘yicha qiymali yarim tayyor
mahsulotlar uchun quyidagicha bo‘lishi kerak:
Yarim tayyor mahsulotlarning namligi GOST 4288-96 standarti bo‘yicha Chijov
apparatida olib boriladi. Yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi non miqdori kraxmal
miqdoriga qarab GOST 4288-96 standarti orqali olib boriladi.
Sut va sutni qayta ishlab tayyorlangan qatiq mahsulotlar faqat ovqatboplik
ahamiyatiga ega bo‘lmasdan balki parxez va davolash xususiyatlariga ham egadir.
Bularga ayniqsa fsidofil mahsulotlari – qimiz, qatiq, kefir, tvorog misol bo‘la oladi.
Qatiq sutni sut achituvchi bakteriyalar bilan achitib tayyorlanadi.
Tayyorlanish texnologiyasiga qarab qatiq qaymog‘i olinmagan sutdan
tayyorlangan yog‘li, qaymog‘i olingan sutdan tayyorlangan yog‘siz turlariga bo‘linadi.
Qatiqning sifati organoleptik baholashda uning tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi rangi,
ta’mi va hidi aniqlanadi. Qatiqning tashqi ko‘rinishi va konsistensiyasi – qatiq olingan
idishning holati uning tashqi ko‘rinishi, yaxshi berkitilgan yoki berkitilmaganligi
aniqlanadi. Qatiqning hidi va ta’mi bu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun, idish qopqog‘i
olingandan keyin qatiq yuzasidan yog‘ qatlami olinib tashlanadi, idish chayqatiladi va
mahsulot stakanga quyiladi. Qatiqning organoleptik ko‘rsatkichi OST 49-29-96 talabiga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Kefirning sifatini baholash OST 4019-96 ga asosan amalga oshiriladi.
1. Qand va bijg‘ish sanoatida ishlatiladigan standartlar.
2. Go‘sht – baliq sanoatida ishlatiladigan standartlar.
3. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan standartlar.
|
| |