• Tez usulda quritish
  • Infraqizil nurlar bilan quritish usuli.
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #156675
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-11

    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–30_Issue-3_Iyun_2023 

    holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati idoralari bilan kelishadi. 
    Oziq ovqat mahsulotlarini sinashning umumiy usullari. Sinashning fizikaviy 
    usuliga quyidagilar kiradi: o‘lchash (massani, og‘irlikni, uzunlikni va sh.u.) isitish 
    qizdirish sovutish filtrlash haydash. 
    Mahsulot og‘irligi tarozilar yordamida aniqlanadi. Amaliyotda asosan texnik 
    kimyoviy tarozilar ishlatiladi. Amaliyotda isitish usulidan foydalanganda isitish 
    anjomlari ishlatiladi. Bularga: suv hammomi, elektr o‘chog‘i, gaz o‘chog‘i, spirt 
    lampasi, quritish shkaflari, termostatlar, mufel o‘chog‘i kiradi. 
    Mahsulot namligini aniqlash mahsulotni saqlashda muhim ahamiyat ga ega. 
    Namlikni o‘lchashning bir necha usullari mavjud. Bularga: quritish issiqlik ta’sirida 
    suvning bug‘lanishi usuli.
    Mahsulotni oxirgi og‘irligigacha quritish usuli quyidagidan iborat: olingan namuna 
    quritish shkafida 4-5 soat diametri 5 6 sm balandligi 4-5sm bo‘lgan temir byuksalarda 
    solib quritiladi. Bu usulning yaxshi tomoni shundan iboratki, aniq natija olinadi. Lekin 
    boshqa usullarga qaraganda ko‘p vaqt sarflanadi. 
    Tez usulda quritish: quritish shkafida 130
    0
    Sda 40 minut olib boriladi. Bu usulda 
    namlik tez aniqlanadi lekin aniqligi kamroq, chunki yuqori temperaturada asosiy 
    mahsulotda oksidlanish bo‘ladi. Bu yerda uchuvchi kislotalar spirtlar paydo bo‘ladi va 
    bular namlik bilan birga yo‘qoladi. 
    Infraqizil nurlar bilan quritish usuli. Bu shunga asoslanganki yuqori namlikni 
    materiallar infraqizil nurlarni yutish qobiliyati kuchli bo‘ladi. Bu nurlar mahsulotning 
    ichkarisiga kirib suv bug‘larini yutadi bunda bular qiziydi va bug‘lanadi. Bunda Chijov 
    apparati ishlatiladi. 
    Elektrotermik usul pivo ishlab chiqarishda donni zavodlarga qabul qilib olishda 
    ishlatiladi. 

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish