JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–30_Issue-3_Iyun_2023
5
qadoqlashda shisha idishlarning har xil turlari: oq zanglamaydigan
temirdan qilingan
idishlar,alyuminiy va plastmassadan tayyorlangan idishlar ishlatiladi. Idishlar yuqori
sifatli materialdan tayyorlangan bo‘lsa, uning ichidagi mahsulot yaxshi saqlanadi. Tahlil
natijalariga qarab temirning standart sinfini tartib raqamini aniqlaydilar.
Tayyor
idishlarni qabul qilishda standart talabiga javob berishi tekshiradilar. Texnik sinaganda
listlarning qalinligi o‘lchanadi va yaxshilab ko‘rib chiqiladi. Listlarning qalinligi
mikrometr bilan 0 01 mm aniqlikda o‘lchanadi. Temirning mohiyatiga va idishlarning
o‘lchamlariga qarab standart temirning tartibi tanlanadi. Qalinligi standart bo‘lmagan
temirni ishlatganda bankalar deformasiyaga uchraydi, bu mahsulotning buzilishiga olib
keladi. Listlarning o‘lchamlari standart talabiga javob berishi kerak. Idishlar uchun temir
yoki qopkoq uchun lak qilish mumkin. Bir tomon yoki ikki tomondan standartlarning
maxsus talabiga ko‘ra.
Temirni mexanik sinash, uning elastikligi, mustaxkamligini
aniqlashga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida germetik idishni ochishiga olib keladi.
Uskunada temir mexanik sinaladi. Temirni texnik
va mexanik tekshirgandan keyin,
konserva idish tayyorlash uchun kimyoviy analiz qilinadi. Temir yuzasidagi rux miqdori
aniqlanadi. Rux miqdori yadometrik usul bilan aniqlanadi. Ruxning miqdori 200 sm
yuzada (yoki 100m listda) 1 sinfli temirda – 0,39 – 0,45, 2 – 0,28 – 0,38, 3 – 0,23 – 0,27
g bo‘lishi kerak.
Temirni standart talabiga javob berishini qo‘rg‘oshinning miqdoriga qarab, ya’ni
0,04 % dan oshmasligi kerak. Buning uchun qo‘rg‘oshin boshqa metallardan ajratiladi.
Qo‘rg‘oshin miqdori kalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Konservalarni uzoq saqlash
idishlarning kafolatli berkitilganligiga bog‘liq. Bo‘sh va to‘liq
idishlarni kafolatli
berkitilganligini tajribada sinash uchun Bombago apparati ishlatiladi. Metalldan va
shishadan tayyorlangan idishlarning kafolatli berkitilganligini aniqlash GOST 8756.18-
95 da yozilgan.
Uchuvchi kislotalarni
aniqlash usuli sharob, yarim tayyor sharob mahsulotlar va
konyak spirtlari uchun GOST 13193-98 orqali olib boriladi.
Suvli par haydash usuli orqali uchuvchi kislotalar kosentrasiyasini aniqlash.
Usulning mohiyati quyidagidan iborat: bu usul asosan
sharob va konyak spirtlari
tarkibidagi uchuvchi kislotalarni maxsus jihozda suvli par yordamida haydashdan iborat.
Distilyat fenolftalein ishtirokida ishqor bilan titrlanadi. Bu usulni olib borishda
ishlatiladigan apparatlar, materiallar va reaktivlar: