• Mazuga oid mustaqil ish topshiriqlari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 2-MA’RUZA: MOYLI URUG’LAR VA MEVALARNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TAVSIFI Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • Xo’l mevalar.
  • Oziq-ovqat texnologiyalari




    Download 2.57 Mb.
    bet8/86
    Sana18.04.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #52155
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YОG’LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI
    Amaliyot hisoboti, Matematik va mantiq elementlari. Predikat va kvantorlar. Reja, 11-prezentaciya, paygambaromiri, O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar, Chinlik to‘plami tushunchasining qo‘llanilishi, Bir generatomli birikmalning elektron tuzulishini hisoblash, Gaussian dasturlari, Molekulyar mexanika MM2 dasturi bilan ishlash, Guldona Psixologiya, 10 amaliy, Baxtiyorov Javohir, 15 Web ilova. MVC texnologiyasi, Noorganik ionlar va ularning funksiyasi
    Nazorat savollari:

    1. Moyli o’simliklar va moylar haqidagi fanning rivojlanish tarixi.

    2. Qanday o’simliklar moyli o’simliklar deyiladi?

    3. Moyli urug’larning asosiy moddalari qanday Amaliy ahamiyatga ega?

    4. Fanning maqsadi va ahamiyati.



    Mazuga oid mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Yоg’lar kimyosining rivojlantirishda o’zbek va xorijiy olimlarning ishlari.

    2. O’zbekistonda moyli xom ashyolarni asosiy turlari.

    3. . Yоg’larning ahamiyati.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Salidjanova V.SH. «Yоg’lar va moyli xomashyolar kimyosi» fanidan ma’ruzalar matni. TKTI, Toshkent, 2007. -112b.

    2. Sherbakov V.G. "Bioximiya i tovarovedenie maslichnogo sirya" M., Agropromizdat. 1991.

    2-MA’RUZA: MOYLI URUG’LAR VA MEVALARNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TAVSIFI

    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
    Urug’ va meva tushunchalari. Meva turlari: pistalar, yong’oqlar, ko’saklar, dukkaklar, qo’zoqlar, rezavorlar. Gul turlari: savatlilar, boshoqlar, panjasimonlar, soyabonsimonlar. Morfologik xususiyatlariga ko’ra turlari.

    Moyli o’simliklar urug’lilar (gullilar) guruhiga kiruvchi o’simliklar bo’lib, bu o’simliklar dunyoda eng ko’p tarkalgandir. Bu o’simliklar urug’lari pishib etilgandan so’ng tinch xolatga o’tadilar va turli salbiy tashqi ta’sirlarga ancha chidamli bo’ladilar (qish sovug’i, qurg’okchilik va boshqalar).


    O’simliklar mevalari to’pgullarda joylashgan bo’lib, ularning to’zilishi va joylashishi urug’larning o’lchami, kimyoviy tarkibi va texnologik sifatiga ta’sir kiladi.
    Botanika fanidan bilasizki, tupgullar asosiy 2 guruxga bulinadi:
    1.uchki (yopik) to’pgullar
    2.yonaki (ochik) to’pgullar
    Birinchi gurux – uchki (yopik) to’pgulli o’simliklarda asosiy o’qbandning uchi gul bilan tugallanib, o’sishdan to’xtaydi, qolgan gullar yonaki shoxlarda kechroq paydo bo’ladi va pastki shoxlarda kamroq rivojlanadi. Uchki gul eng oldin mevaga aylanadi, keyingilari esa kechroq. SHuning uchun yig’im-terim vaqtiga kelib, kech paydo bo’lgan gullar meva va urug’lari xali to’liq pishmagan bo’lishi mumkin. Uchki (yopik) to’pgullilarga zig’ir yoki g’o’zapoya (paxta) gullari misol bo’la oladi.
    Ikkinchi gurux – yonaki (ochik) to’pgulli o’simliklarda avval yonaki yosh shoxlarda gullar hosil bo’ladi, asosiy bandning va yonaki shoxlarning pastki gullari ertaroq ochiladi. SHuning uchun yig’im-terim vaqtiga kelib, pastki meva va urug’lar to’lik pishib etilsa Yuqoridagilari pishmagan bo’lishi mumkin. YOnaki (ochik) to’pgullilarga moyli urug’li raps, kanakunjut, koriandr, kungaboqar yoki saflor o’simliklari misol bo’la oladi.
    O’simliklar urug’larining kimyoviy tarkiblari o’ziga xos bo’lib, ularda Yukorimolekulyar birikmalar ko’rinishidagi zaxira moddalari ko’proqdir. Ular pishish davriga kelib to’lik to’planadilar va urug’ning unib chiqish davrida sarflanadilar. Moyli urug’larning asosiy zaxira moddalari lipidlar hisoblanadi.
    Moyli urug’larda zahira oqsillari oqsil tanachalari yoki aleyron zarrachalari holida to’planadilar. Zahira uglevodlaridan kraxmal asosan urug’ning faqat hosil bo’lish davrida paydo bo’lib, pishish davrida yo’qoladi va murtak hamda endosperm lipidlar bilan to’ladi. Urug’ning o’sish davrida endosperm murtakka nisbatan fiziologik jihatdan ancha aktiv bo’lib, pishishga yaqin murtak tezroq, endosperm hisobiga rivojlanadi. Har xil urug’larda murtak va endospermning nisbati har xil saqlanib qoladi.
    Urug’ - nima? Urug’ murtakdan va endospermadan ya’ni murtakning rivojlanishi uchun zarur moddalardan, hamda ularni qoplab turuvchi qobig’dan tashkil topgan. Meva yopik urug’li o’simliklar uchun xos bo’lib, gulda urug’lanish jarayonidan so’ng urug’chi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Ustki tugunchali gulda meva faqat tugunchadan hosil bo’lsa, ostki tugunchali gulda esa meva hosil bo’lishida gul o’rni, gulkosabarglar, changchilarning asosi ishtirok etadi. Mevaning rivojlanishi urug’ning rivojlanishi bilan bir vaqtda boradi.
    Mevalarning biologik ahamiyati shundaki, ular urug’larning tarqalishiga yordam beradi. Mevaning po’sti urug’ning qurib qolmaslikdan va har xil zararlanishlardan saqlaydi.
    Mevalar shakli, ichki to’zilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma-xildir. Mevalar yonligi (eti) xususiyatlariga ko’ra quruq va xo’l mevalarga bo’linadi. Ko’pchilik moyli o’simliklar mevasi quruq mevalarga kiradi. Urug’ining soniga ko’ra mevalar: bir urug’li va ko’p urug’lilarga bo’linadi.
    Quruq va xo’l mevalar o’z vaqtida yana bir necha turlarga bo’linadi.
    Quruq mevalar: pistasimonlar, qo’shpistalar, yong’oqlar, ko’saklar, dukkaklar, ko’zoqlar, (struchok) va x.k.z.
    Pistasimonlar – yarimyogochsimon zich qobig’i bo’lib, ichida siqilmagan, u bilan qo’shilib ketmagan holatda joylashgan urug’i bor. Pishib etilganda qobig’li pista ochilmay urug’i bilan to’kiladi. Pista urug’i kobig’dan tashqari po’stga o’ralgan bo’ladi. Bu guruhga maxsar (saflor), kungaboqar pistalari misol bo’la oladi. Pistalar qobig’i urug’ni mustahkam o’rab turganligi uchun, qayta ishlash jarayonida maxsus texnologik operatsiya – chaqish amalga oshiriladi.
    Qo’shpistasimonlar – pistalardan farqli ravishda, ikkita pista birga – bir juft bo’lib etilib, o’z qobig’iga ega bo’lib, pishganda ikkita pistaga ajralib ketadi. Qo’shpistalarga koriandr mevalari misol bo’la oladi. Undan asosan efir moylari ishlab chiqariladi.
    Yong’oqsimonlar – Yоg’ochsimon meva qobig’iga ega bo’lib, bir yoki bir necha urug’li bo’lishi mumkin. Ko’p urug’li bunday meva pishganda u ayrim-ayrim yong’oqlarga bo’linib ketadi. Yong’oqlar ko’pincha bir urug’li bo’ladi. Moyli o’simliklardan yong’oqsimon mevaga ega bo’lgan perilla, lyallemantsiya, kanoplarni aytib utish mumkin.
    Boshoqsimonlar – urug’lari meva qobig’lari po’stlari bilan bitib ketgan bo’lib, ular o’z navbatida urug’ murtagi va endospermi bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Bularga barcha boshoqlilarni misol qilish mumkin.
    Ko’saksimonlar – meva kobig’lari yogochsimon bir necha bo’lakdan tashkil topgan bo’ladi. Asosan ikkitadan oshiq. Ko’saksimonlar asosan ko’p urug’li bo’ladi. Urug’lar meva kobig’lari bilan ulanmagan, bog’lanmagan va pishganda kobig’ bo’laklari bir-biridan ajralib ochilishi natijasida ayrim urug’lar to’kiladi. Ko’saksimonlarga moyli o’simliklardan paxta, zig’ir, kanakunjut, kunjut, ko’knor misol bo’ladi. Bu moyli o’simliklar qayta ishlashga, kanakunjutdan tashqari, urug’ holida kelib tushadi. Kanakunjut aralash urug’ va ko’sak holida keladi.
    Dukkaksimonlar - meva yoni terisimon yoki Yоg’ochsimon bir bo’lakning o’ralishidan hosil bo’lib, bir uyali bir-, ikki- va ko’p urug’li bo’lishi mumkin. Dukkak qobig’i bo’ylama ichki yoki tashqi chokidan ochilishi mumkin. Urug’lar ichki chokka yopishgan. Ayrim dukkaklilarda meva pishganda va quriganda meva kobig’lari yorilib, buraladi va urug’lari sochilib ketadi. Bu meva qobig’ining turli tarafga buralib qurishi natijasida sodir bo’ladi. Moyli urug’lardan bu guruhga soya va araxis (er yongok) misol bo’ladi. Soya moy zavodlariga qobig’dan ajratilgan urug’ holida keladi.
    Qo’zoqsimonlar – (struchok) dukkaksimonlarning o’ziga xos turi bo’lib, meva yoni Yоg’ochsimon va orasida yolg’on to’siqli ikkita mevabargdan iborat. Bu to’siqlarga xar ikki tomonidan urug’lar yopishgan. Ko’zoqlar ko’pincha bir nechta urug’li bo’ladi. Qo’zoqning bo’yi enidan kamida to’rt marta uzun bo’ladi. Mevabarglarning ulangan joylari sezilarli kavirg’a bo’lib turadi. Urug’ pishganda mevabarglar ochilib urug’lar tusiq qavirg’asida yopishgan holda qoladi.
    Xo’l mevalar. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari bu danaklilar va rezavorlar.
    Danaklilar – suvli mevalar bo’lib, bir urug’li bo’ladi. Masalan, eng yirik danaklilarga kakos palmasi mevasi misol bo’ladi. Undan tashqari olxo’ri, o’rik, shaftoli, olcha.
    Rezavor (yagoda) simonlar – suvli ko’p urug’li meva. Meva eti ichida urug’lar joylashgan bo’ladi. Masalan, pomidor, tarvuz, qovoq.
    Bir turga kiruvchi va xatto bir o’simlikning urug’ va mevalari o’zaro morfologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va fiziologik xossalari bilan farq qilishi mumkin. Bu esa urug’ va mevalarning o’rtacha va umumiy (tipik) belgilari tug’risida gapirishlikka olib keladi.
    a) Urug’ va mevaning o’simlik tanasining qaysi qismida joylashganligi. Masalan, paxtada asosiy poyaga yaqin joylashgan ko’saklar tezroq etiladi. Kanakunjutda asosiy o’q poyaga yaqin joylashgan meva urug’ining moyida ritsinol kislota ko’proq bo’ladi. Kungaboqarda savatcha chetiga yaqin joylashgan pistalar tezroq etiladi. Bu ozuqaning turlicha etib borishidandir.
    b) Zig’irda o’simlik shikastlangan yaproqlariga yaqin turgan meva va urug’ rivojlanishi susayadi.
    v) Urug’larda rivojlanishning turlicha bo’lishi ularning genetik turliligiga, ya’ni turli changchalar, urug’donlar, murtaklar sifatiga bog’lik.
    g) Ekologik o’zgarishlar o’simlik oziqlanishiga ham ta’sir qilib urug’lar sifatining turlicha bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin.



    Download 2.57 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




    Download 2.57 Mb.