Defektoskopiyada ionlovchi nurlanishning qo‘llanish sohasi
Po‘lat qalinligi, mm
|
Gamma-nurlanish
|
Rentgen-nurlanish
|
manba
|
energiya, keV
|
apparat
|
kuchlanish, kV
|
apparat
|
4
|
145Sm
155Eu
|
39, 62, 84, 102
|
RK-2
GUP-0,5-3
|
10 – 60
50 – 80
35 – 80
|
RUT-60-20-1
RUP-120-5-1
RUP-150-10-1
RINA-1D
|
1 – 20
|
170Tm
|
53, 84
|
RK-2
GUP-0,5-3
RID-21M
|
60 – 120
60 – 140
60 – 140
220 – 280
300 – 350
|
RUP-120-5-1
RUP-150-10-1
RUP-200-5-1
IRA-1D
IRA-2D
|
2 – 40
|
75Se
|
75, 130, 280, 405
|
RK-2
GUP-0,5-3
RID-21M
|
90 – 180
90 – 180
300 – 350
|
RUP-150/300-10-1
RUP-200-20-5
IRA-2D
|
10 – 60
|
192Ir
|
295, 316, 468, 604
|
RUP-5-2
RID-11
RID-21M
“Stapel-5”
|
140 – 200
140 – 300
250 – 400
|
RUP-200-20-1
RUP-150/300-10
RUP-400-5-1
|
30 – 100
|
137Cs
152Eu
|
661, 122, 344, 963, 1405
|
“Gazprom” “Trassa”, “Neva” GUP-0,5-2 GUP-50-3
|
180 – 300
250 – 400
250 – 1
|
RUP-150/300-10
RUP-400-5-1
RTD-1
|
60 – 200
|
60Co
|
1170, 1330
|
GUP-1,5-3
GUP-5-2
GUP-50-2
“Kama”
|
250 – 400
250 – 100
|
RUP-400-5-1
RTD-1
|
6 va 18 MeV ga betatronlar
|
Ma’sul birikmalarni defektoskopiya kilishda RT-5 plyonkasi qo‘llaniladi. Bu plyonka juda yuqori kontrastlikka ega, nurlanishga nisbatan eng kam sezgirlikka ega bo‘lsa ham, juda kichik nuqsonlarni aniqlashga imkon beradi, bu esa nazorat qilishda ekspozitsiya vaqtining ortishiga olib keladi. Radiografik plyonkani tanlashni tahminan nomogrammalar bo‘yicha (2.19-rasm) amalga oshirish maksadga muvofiqdir.
2.19-rasm. Po‘latning yoritish uchun radiografik plyonkalarni qo‘llanish
sohalari nomogrammasi:
I - RT-5, RT-4, II - RT-1, PT-3, III-RT-2.
YOritish sxemasi va parametrlarini tanlash. Payvand birikmalarni yoritish sxemasi buyum uchun belgilangan normalarda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlarni aniqlashni ta’minlash kerak. 2.20 – 2.30 - rasmlarda yoyli, kontaktli va boshqa turdagi payvandlash usullarida bajarilgan uchma uch birikmalarni yoritish sxemalari ko‘rsatilgan. Ionlovchi nurlanishning ishchi dastasi payvandlanayotgan elementlarning tekisligiga perpendikulyar holda yo‘naltirilishi kerak (2.20-rasm). Birikmalarning ba’zi turlari (2.21-rasm) ikki marta turli hil burchak ostida yoritiladi. Bu holda ishchi dasta o‘qining yo‘nalishi chetlarni kesish chiziqlari bilan mos tushishi kerak. Plyonkani chok ildizi tomonidan joylashtirish lozim, biroq zarur bo‘lganda uni yoritish yo‘nalishni teskarisiga o‘zgartirib, qarama qarshi tomondan ham joylashtirish mumkin.
2.20-rasm. Uchma uch payvand birikmalarni yoritib ko‘rish:
a - chetlarni kesmadan, b - bir tomonlama payvandlashda chetlarini ishlab,
v - kontaktli payvandlashga
2.21-rasm. Uchma uch payvand birikmalarni turli burchaklar ostida yoritib ko‘rish.
|
2.22-rasm. Silindrik yoki sferik konstruksiyadagi halqali choklarni yoritib ko‘rish.
|
Masalan, rezervuarlar, payvandlovchi quvurlar va boshqa silindrik buyumlarning halqali va bo‘ylama uchma uch birikmalari nurlanish manbaini buyum ichiga joylashtirib (2.22- a- rasm-panoramali yoritish) yoki tashqaridan ishchi dastaning o‘qini chokka perpendikulyar yo‘naltirib yoritiladi (2.22 - b rasm). Agar konstruksiyaning ichiga plyonkali kassetani yoki nurlanish manbaini joylashtirishning imkoni bo‘lmaydigan bo‘lsa, u holda qarama qarshi tashqi tomonlarga nurlanish manbai va plyonkani joylashtirib (2.22 - v rasm) ikki devor orqali yoritiladi. Ishchi dastaning o‘qi chok joylashgan tekislika burchak ostida yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
CHetlari kesiksiz va ikki cheti kesikli burchakli birikmalarning choklari ishchi dastasi o‘qining yo‘nalish payvandlangan elementlar orasidagi burchakning bissektrisasi bo‘ylab yoritiladi. (2.23 - a, b - rasm).
2.23-rasm. Burchakli birikmalarni yoritib ko‘rish.
|
2.24-rasm. Ichki tomondan kirish imkoni bo‘lganda tavrli birikmalarni yoritib ko‘rish.
a - bir tomonlama payvandlashda, b - ikki tomonlama payvandlashda
|
SHuningdek nurlanishning teskari yo‘nalishda bo‘lishi va plyonkani chokning boshqa tomoniga joylashishiga yo‘l qo‘yiladi (2.23-v-rasm). CHetlari bir tomonli va ikki tomonli kesikli tavrli birikmalar (2.24, 2.25 -rasm) tavr polkasiga 450 burchak ostida yoritiladi. Ayrim hollarda bu choklarni markaziy nurni chetlarning kesiklari bo‘ylab yo‘naltirib ham yoritish mumkin. Ikki tavrli va xochsimon konstruksiyalarning choklari shunga o‘xshash yoritiladi (2.26 -rasm).
2.25-rasm. Tashqi tomondan kelish mumkin bo‘lganda tasviriy birikmalarni yoritib ko‘rish:
a - bir tomonlama payvandlashda b - ikki tomonlama payvandlashda
|
2.26 - rasm. Maxsus konstruksiyalarning choklarini yoritib ko‘rish:
a – xochsimon, b – ikki tavrli
|
Ichiga plyonkali kassetani yoki nurlanish manbaini joylashtirish imkonini bermaydigan shaklga ega bo‘lgan qutisimon konstruksiyalarning choklari buyum o‘qiga burchak ostida ikki devor orqali chokning tashqi tomonidan plyonka o‘rnatilganda yoritiladi (2.26-a rasm). Agar kassetani qutisimon konstruksiyaning ichiga kiritish mumkin bo‘lsa, yoritish bitta devor orqali chokka perpendikulyar holda olib boriladi (2.26 - b rasm).
2.27-rasm. Qutisimon konstruksiyalarning choklarini yoritib ko‘rish
|
2.28 -rasm. YOyli payvandlash bilan bajarilgan usma ust birikmalarni yoritib ko‘rish:
a – payvandlanayotgan listning tekisligiga o‘tkazilgan normal bo‘yicha
b – list tekisligiga burchak ostida
|
Ustma ust qo‘yib biriktirshlar listlar tekisligiga perpendikulyar (2.28 -a rasm) va 450 burchak ostida yoritiladi. Nuqtali va chokli birikmalar payvandlanayotgan listlarning tekisligiga normal bo‘yicha yoritiladi (2.29-rasm).
Ikki cheti bortovkalangan uchma uch birikmalar chokka perpendikulyar (tik) holda yoritiladi (2.30-a rasm). Bortovkali burchakli birikmalar markaziy nurni payvandlanayotgan chetlarning tekisligi bo‘yicha yo‘naltirib yoritiladi (2.30-b rasm).
2.29 -rasm. Nuqtali (a) va chokli (b) payvandlash bilan bajarilgan usma ust birikmalarni yoritib ko‘rish:
|
2.30 -rasm. CHetlarni bortovkalab payvand birikmalarni yoritib ko‘rish.
|
|