|
Payvandlash sifat nazorati
|
bet | 19/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKRadiografik plyonkalar. Ular o‘tgan ionlovchi nurlanishni qayd qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan rentgen plyonkalari hossalari va vazifasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi (2.4-jadval): ekransizlar fluoressent ekranlarsiz yoki metall kuchaytiruvchi ekranlar bilan foydalanish uchun va ekranli plyonkalar fluoressent kuchaytiruvchi ekranlarni qo‘llanib foydalaniladigan plyonkalar. Birinchi guruhga RT-5, RT-4, RT-3, RT-1 plyonkalari kiradi; ikkinchi guruhga RT-2, RM-1, RM-2 va RM-3 plyonkalar kiradi. Plyonkaning asosiy xarakteristikalari spektral sezgirlik, kontrastlik va ajrata olish qobiliyati hisoblanadi.
2.4-jadval
Radiografik plyonkalarning asosiy xarakteristkalari
Plyonka turi
|
Sezgirlik, R-1
|
Kontrastlik koeffitsenti
|
Ajrata olish qobiliyati,
mm-1
|
Ekransiz
|
RT-1
|
50 – 60
|
3,5
|
68 – 73
|
RT-1
|
20 – 30
|
3,9
|
80 – 110
|
RT-1
|
9 – 12
|
3,5
|
110 – 140
|
RT-1
|
3 – 5
|
3,5
|
140 – 180
|
Ekranli
|
RT-1
|
350
|
3,0
|
73 – 78
|
RT-1
|
300
|
3,0
|
73 – 78
|
RT-1
|
400
|
2,8
|
78
|
RT-1
|
300
|
2,7
|
78
|
Plyonkaning spektral sezgirligi bir xil ekspozitsion doza bilan turli xil energiya nurlanishlari bilan nurlantirgandan so‘ng ochiltirilganda uning turli xil qorayish zichliklarini olish qobiliyati (Q) bilan belgilanadi. Amalda Q bir xil qorayish zichligini olish uchun zarur bo‘lgan ionlovchi nurlanish dozasiga teskari kattalik bilan ifodalanadi: Q = 1/R yoki R-1.
Plyonkaning optimal spektral sezgirligiga rentgen trubkasidagi kuchlanish 50 – 110 kV bo‘lganda erishiladi.
Plyonkaning qorayish zichligi D tushyotgan yorug‘lik ravshanligi h0 ning plyonka orqali o‘tgan yorug‘lik ravshanligiga nisbatining logarifmiga teng: hp: D = lg (h0/hp)
Buyumlarni rentgen yoki gamma-nurlanish bilan nurlantirganda D ning eng optimal qiymatlari 1,8 – 2,2 oraliqda yotadi, ya’ni eng yaxshi spektral sezgirlikni D ning aynan shu qiymatgalarida olish mumkin.
Kontrastlik D qorayish zichligi ortirmasining nisbiy ekspozitsiya vaqti ortirmasiga nisbatidan iborat. Qorayish zichligining optimal (qulay) qiymatlarida (D = 1,2 2,2) ekranli plyonkalarning kontrastligi 2,5 3 oraliqda, ekransiz plyonkalarniki 2,5 4,5 oraliqda yotadi.
Ajrata olish qobiliyati plyonkaning yaqin joylashgan nuqsonli uchastkalarni alohida qayd qiluvchi xossasini belgilaydi. Miqdoriy jihatdan bu tavsif (xarakteristka) uzunligi 1mm (mm-1) bo‘lgan uchastkada seziladigan bir xil qalinlikdagi shtrix chiziqlar soni bilan baholanadi.
|
| |