|
-MA’RUZA.
RENTGEN VA GAMMA NURLARI BILAN NAZORAT QILISH
|
bet | 20/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMK4-MA’RUZA.
RENTGEN VA GAMMA NURLARI BILAN NAZORAT QILISH
Reja:
4.1 Nazorat qilish texnologiyasi.
4.2 Radioatsion defektoskopiyaning zamonaviy usullari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: ionlovchi nurlanish, radiatsion defektoskopiya, rentgen va gamma nurlanishlar
4.1. Nazorat qilish texnologiyasi
Payvand birikmalarni sinash uchun radiografik nazorat qilish uslublari juda keng qo‘llaniladi, bunda ionlovchi nurlanish-detektori sifatida radiografik plyonkalardan foydalaniladi.
Foydalanilayotgan nurlanish turiga bog‘liq holda rentgenogamma, va betatronli radiografiya farq qilinadi. Sanab o‘tilgan uslublarning har biri o‘zining foydalanish sohasiga ega. Xususan, rentgenografiya, eng sezgir uslub sifatida ko‘pincha sex sharoitida va kamdan kam hollarda dala sharoitida, payvand birikmalar sifatini nazorat qilishga sezgirlik bo‘yicha eng yuqori talablar qo‘yilganda, qo‘llaniladi. Gammagrafiya borish qiyin bo‘lgan joylarda joylashgan, dala va montaj qilish sharoitidagi payvand birikmalarini nazorat qilishda ustunlikka ega. Betatronli radiografiyadan ko‘pincha sex sharoitida katta qalinlikdagi payvand birikmalarning defektoskopiyasida (nuqsonlarini aniqlashda) foydalaniladi.
Payvand birikmalarni radiografiyalashda asosiy operatsiyalarni bajarishning quyidagi ketma ketligiga rioya qilinadi: nurlanish manbai, radiografik plyonka tanlanadi va yoritishning optimal rejimlari belgilanadi; nazorat qilinayotgan ob’ekt yoritishga tayyorlanadi; ob’ekt yoritiladi; suratlarga foto tanlov beriladi; suratlar tahlil qilinadi; nazorat natijalari rasmiylashtiriladi.
Nurlanish manbaini tanlash. Nurlanish manbaini tanlash texnik maqsadga muvofiqlik va iqtisodiy samaradorlikka bog‘liq. Manbani tanlashni belgilovchi asosiy omillar nazorat qilishning berilgan sezgirligi, nazorat qilinayotgan buyum materialining zichligi va qalinligi; nazoratning ish unumi; nazorat qilinayotgan detalning konfiguratsiyasi, uning nazorat kilishga qulayligi va boshqalar hisoblanadi.
Masalan, katta o‘lchamdaga nuqsonlar yo‘l qo‘yiladigan buyumlarni nazorat qilishda kam vaqt yoritishning ta’minlovchi yukori energiyali izotoplarni qo‘llanish eng maqsadga muvofiqdir. Ma’sul vazifalarni bajaruvchi buyumlar uchun rentgen nurlanishdan foydalaniladi va istisno sifatida imkoni boricha eng kam nurlanish energiyasiga ega, masalan, 1 g (2.5-jadval) bo‘lgan izotoplarni qo‘llanishga ruxsat etiladi.
Radiografik plyonkani tanlash. Tanlash yoritilayotgan ob’ekt materialini qalinligi va zichligi bo‘yicha, shuningdek nazorat kilishning talab qilinayotgan ish unumi va sezgirligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
RT-1 plyonkasi asosan katta qalinlikdagi payvand birikmalarni nazorat qilish uchun foydalaniladi, chunki u yuqori kontrastlikka va nurlanishga sezgirlikka ega. RT-2 universal ekran plyonkasi turlicha kalinlikdaga detallarni yoritishda qo‘llaniladi, bunda yoritish vaqti plyonkalarni boshqa turlariga nisbatan eng kamdir. Alyuminiyli qorishmalar va qalinligi uncha katta bo‘lmagan qora metallar qorishmasidan yasalgan buyumlarni nazorat qilish uchun yuqori kontrastli RT-3 va RT-4 plyonkalardan foydalanish mumkin.
2.5-jadval
|
| |