• 6-Ma’ruza:Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlari.
  • Payvandlash to‘g‘rilagichlari turlari




    Download 1.31 Mb.
    bet14/20
    Sana20.06.2023
    Hajmi1.31 Mb.
    #74519
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    птм маруза матни
    buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
    5.2. Payvandlash to‘g‘rilagichlari turlari.
    Eriydigan elektrod bilan yoy dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi 5.1-jadval

    To‘g‘rilagichning turi

    Kuchlanishi, V

    Payvandlash tok kuchi, A

    UDE, %

    Talab
    qiladigan quvvati, kV.A

    U1

    Usyu

    I nom

    Rostlash diapazoni

    VD-101

    380

    65...68

    125

    20...130

    60

    10

    VD-201

    380

    70

    200

    30...200

    60

    15

    VD-306

    220;380

    70

    315

    45...315

    60

    21

    VD-401

    380

    80

    400

    50...450

    60

    28

    Himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash jarayoni odatda katta payvandlash tokida olib boriladi (300A dan katta). Bu holda payvandlash yoyining VATi, ayniqsa SO2 gazda payvandlashda, o‘sib boradigan bo‘lib qoladi. Demak, yoyni turg‘un yonishi uchun ta’minlovchi manba qattiq VAT ga ega bo‘lishi lozim. VDG to‘g‘rilagichi (5.2-jadval) shunday tavsifga ega. Ular yoy bilan dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichdagi kabi asosiy konstruktiv elementlarga ega. Bular uch fazali transformator va to‘g‘rilagichlar blokidir. Payvandlash tokini boshqarish uchun to‘yinuvchi drossel qo‘llangan. Metallni sachrashlarini kamaytirish uchun payvandlash zanjiriga qo‘shimcha drossel ulangan, bu drossel induktivlikni pog‘onali o‘zgartirish uchun qayta ulagichga ega. Bu payvandlash rejimini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
    Eriydigan elektrod bilan himoya gazlarda payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi 5.2-jadval

    To‘g‘rila-gichning turi

    Kuchlanishi, V

    Payvandlash tok kuchi, A

    UDE,%

    Talab
    qiladigan quvvati, kV.A

    FIK

    U1

    USYu

    ishchi

    Inom

    rostlash diapazoni

    VDG-302

    220; 380

    42

    16...40

    315

    50...315

    60

    20

    75

    VDG-601

    220; 380

    66

    18...36

    630

    100...700

    60

    69

    82

    VDU-305

    220; 380

    70

    16...38
    21...33*

    315

    50...315
    20...315*

    60

    29

    70

    VDU-504

    220; 380

    80

    18...50
    23..46*

    500

    100...500
    70...500*

    60

    40

    82

    VDU-1601

    380

    100

    26...66
    30...60*

    1600

    500...1600

    100

    155

    84

    * Pasayuvchi tashqi VAT uchun

    VDG to‘g‘rilagichlaridan tashqari himoyalovchi gazda suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash uchun VDU universal manbalaridan foydalanish mumkin (5.2-jadvalga qarang). Ularning sxemalari pasayib boradigan VAT ni qattiq tavsifga o‘zgartirib ulashni ko‘zda tutadi.

    Nazorat savollari:
    1. Yoy bilan dastaki payvandlash uchun bir postli to‘g‘rilagichlar qanday asosiy uzellardan tuzilgan?
    2. VD-306 belgisi nimani ko‘rsatadi?
    3. Himoya gazlarda eriydigan elektrod bilan payvandlashda to‘g‘rilagichning tashqi VATi qanday bo‘lishi lozim?

    6-Ma’ruza:Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlari.
    Reja:
    6.1. Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
    6.2. Payvandlash o‘zgartirgichlariga xizmat ko‘rsatish.
    O‘zgarmas tokning payvandlash generatorlari elektr mashinalarning mahsus xillari bo‘lib, ular qattiq, tez pasayadigan va sekin pasayadigan tashqi VAT li qilib chiqariladi. Payvandlash generatorining valini aylantiruvchi yuritma sifatida yoki qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgich yoki ichki yonuv yuritgichdan foydalanadilar (6.1-rasm).

    6.1-rasm. Payvandlash o‘zgartirgichi
    Hozirgi vaqtda aylanuvchi o‘zgartirgichlar payvandlash to‘g‘rilagichlari bilan siqib chiqarilmoqda. Generator bilan elektr yuritgich ulangan konstruksiya - payvandlash o‘zgartirgichi deyiladi, generator bilan ichki yonuv yuritgichi ulangan konstruksiya – payvandlash agregati deyiladi.
    Elektr uzatish liniyalari bo‘lmagan yoki ulardan foydalanish noqulay bo‘lgan joylarda payvandlash ishlarini olib borishda payvandlash agregatlari keng ishlatiladi. Payvandlash agregatlari maxsus tirkamada avtomobilga ulanadi yoki avtomobil kuzoviga ortiladi.
    Sanoatda kollektorli (6.2.-rasm) va ventilli generatorlar ishlab chiqariladi. Mustaqil qo‘zg‘atuvchi kollektorli payvandlash generatorining quyma po‘lat korpusi 1 generator magnit tizimini tashkil qiladi, ikki jufti magnit qutblari 2 va 4, ikkita qo‘shimcha qutblari (rasmda ko‘rsatilmagan) va Wya chulg‘amlari bilan langar 3 dan tashkil topgan. Asosiy qutblarda generatorni magnitlovchi Wr va magnitsizlovchi Wr chulg‘amlari joylashgan.

    6.2.-rasm. Kollektorli payvandlash generatorining (ko‘ndalang kesmasi) tuzilishi:
    1 – po‘lat korpus; 2 va 4 – asosiy qutblar; 3 – langar.

    Payvandlash toki, kollektordan mis-grafit cho‘tkalar a va b dan olinadi, kollektor langar o‘qida joylashgan. Generatorning o‘qi asinxron yuritgichni o‘qiga yoki ichki yonuv yuritgich valiga ulangan. Mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlarda (6.2.-rasm), Wv chulg‘ami mustaqil to‘g‘rilagich ko‘prigi V1...V4 dan va qo‘shimcha transformator T1 dan mustaqil ravishda elektr tarmog‘idan SQ o‘chirgichi va F1... F3 saqlagichlari orqali ta’minlanadi.


    Magnitsizlovchi chulg‘am Wr yakor chulg‘ami Wya bilan ketma-ket ulangan, ular payvandlash zanjirini tashkil qiladi.
    Qayta ulagich S1 yordamida Wr chulg‘amining o‘ramlar sonini o‘zgartirish mumkin, va bu bilan payvandlash toki kuchini pog‘onali rostlash mumkin. Har bir pog‘ona chegarasida payvandlash toki kuchi o‘zgaruvchan rezistor R1 bilan tekis rostlanadi, bunda Wv chulg‘amida tok kuchi va magnit oqimi Fv ning qiymati o‘zgaradi.
    Salt yurish rejimida payvandlash zanjiri ochiq, asinxron dvigatel M va Wv chulg‘amiga kuchlanish U1 beriladi. Wv chulg‘amidan Iv toki o‘tadi va Fv magnit magnit qutbi 2, (N qutbi) 2-4 qutblari va qutb 4 (S qutbi) orqali berkiladi. Fv oqimining magnit maydonida langar 3 ning chulg‘ami Wya aylanadi.
    Generatorning a va b cho‘tkalarida Usi kuchlanish hosil bo‘ladi, uning qiymati qo‘zg‘atish chulg‘ami toki Iv ning qiymatiga bog‘liq, bu tokni R1 reostati bilan tekis rostlash mumkin (6.3-rasm).


    6.3-rasm. Mustaqil ko‘zg‘atishli, kollektorli payvandlash o‘zgartirgichining prinsipial sxemasi.

    Yuklama rejimida, payvandlash zanjiri berk bo‘lganda, yoy oralig‘i, magnitsizlovchi chulg‘am Wr va langar chulg‘ami orqali tok IYa = ID o‘tadi. Magnitsizlovchi chulg‘am Wv magnit oqim Fv ga qarshi, yo‘nalgan, shular hisobiga pasayib boruvchi VAT shakllanadi.


    O‘z-o‘zidan qo‘zg‘aluvchi (magnit oqimi hosil qiluvchi) generatorlarda Wv chulg‘ami cho‘tka b va kollektorni o‘rtasida a va b cho‘tkalari orasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha cho‘tka orqali langar chulg‘ami Wya dan ta’minlanadi. Magnitsizlovchi chulg‘am Wr oldingi holga o‘xshab, langar chulg‘ami Wya bilan ketma-ket ulanadi. Boshqa tomonlaridan o‘z-o‘zidan qo‘zg‘aladigan generatorlar mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlar kabi tuzilgan va ishlaydi.
    Ventilli generatorlar chastotasi 200 yoki 400 Gs li uch fazali o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi, keyin bu tokni generatorning konstruksiyasiga kiradigan to‘g‘rilagich bloki o‘zgarmas tokka aylantiradi. Ventilli generatorning tashqi tavsifi – pasayib boradigan payvandlovchi tokni rostlash – pog‘onali (2 ta pog‘ona) har bir pog‘ona chegarasida tok tekis rostlanadi.
    Sanoatda texnik tavsifi turlicha bo‘lgan butun oila payvandlash o‘zgartirgichlari qo‘llanadi (6.1-jadval).
    6.1-jadval
    Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi

    Rusumlari

    Kuchlanish, V

    Payvandlash toki kuchi, A

    UDE
    %


    Rnom
    KVA



    Ilova




    o‘zgartir-gichlar

    Genera-
    torlar

    U1

    Usyu

    Inom


    Rostlash chegarasi

    PD-303

    GSO-300

    380

    65

    300

    100...300

    65

    10

    Mustaqil qo‘zg‘aladigan

    PSO-300-2

    GSO-300

    380

    50-70

    315

    115...315

    60

    16

    o‘z-o‘zidan qo‘zg‘aladigan

    SAM-300

    GSO-300-M

    380

    50..70

    300

    80....380

    65

    14

    «-«

    PD-501

    GSO-500

    380
    220

    90

    500

    125...500

    60

    30

    «-«

    PS-500

    GSO-500-11

    380

    60...90

    500

    120...600

    65

    28

    «-«

    ASDP

    SGP-3

    380

    60...90

    500

    120...500

    60

    20

    «-«

    PSG-500

    GSG-500

    380
    220

    40

    500

    60...500

    60

    20

    «-«

    Karbonat angidrid gazida suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash uchun PSG rusumli maxsus o‘zgartirgichlar yaratilgan. Ular qattiq yoki sekin pastlanadigan VAT ga ega bo‘lishi mumkin.

    Download 1.31 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 1.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash to‘g‘rilagichlari turlari

    Download 1.31 Mb.