5
sharti amalga oshiriladi. O‘quv yuklamalari me‘yoriga keltiriladi. O‘quvchilar
bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi davlat belgilagan ta‘lim
standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarini chuqurroq egallash maqsadida
mustaqil ravishda ya‘ni kengroq chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali
to‘plash huquqiga ega. Natijada qiyin yoki o‘quvchi xush ko‘rmaydigan predmetni
o‘rganishda unga standartda belgilangan me‘yor bilan cheklanishga imkon beriladi.
Bunda o‘quvchi o‘zining
qiziqishi, xoxishi, qobiliyati va intilishlarini ro‘yobga
chiqarishda o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli va mustaqil ravishda tanlash
imkoniga ega bo‘ladi.
Davlat ta‘lim standartlari o‘quv tarbiya jarayonlarining barcha ishtirokchilari
uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini
nazarda
tutadi. Davlat ta‘lim standartlari talablaridan kelib chiqan holda ta‘lim
dasturlarining zamonaviy yangi avlodlarini yaratdilar va bevosita amalga oshirish
maqsadida islohotlar ishlab chiqarmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida yangi pedagogik
texnologiyalarni joriy qilishni talab qiladi.
Mazkur davlat ta‘lim standartida umumiy o‘rta ta‘lim
maktablarida mehnat
ta‘limi va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni
bitirgan o‘quvchilarning mehnat va kasb tanlashga
tayyorgarlik darajasini
me‘yorlari ifodalanadi. Ushbu standart umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun
mehnat ta‘limi fanidan o‘quv dasturi darslik o‘quv qo‘llanma
va boshqa rasmiy
me‘yoriy materiallarni ishlab chiqarish
O‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish hamda milliy tadqiqotlar olib borish
uchun asos sifatida xizmat qiladigan me‘yorlar hujjatlardir.