4
navbatda o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtlarining moddiy
va moliyaviy ba‘zasini mustahkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish.
- Kadrlar tayyorlash va ta‘lim sohasiga chet el sarmoyalari xalqaro donorlik
tashkilotlari va jamgàrmalarining mablag‘larini jalb etish.
- Qonun doirasida o‘quv rejalari dasturlari va o‘qitish yo‘riqlari ta‘limiy
xizmatlarni belgilashda ta‘lim muassasalariga 1-navbatda oliy o‘quv yurtlarga
mustaqillik berish va o‘z-o‘zini boshqarishni joriy etish.
Tabiiyki bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va
jamiyatning mas‘uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Kadrlar tayyorlash milliy
modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti ta‘lim
sohasidagi xizmatlarning istemolchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
- Davlat va jamiyat - ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishni kafillari.
- Uzluksiz ta‘lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi.
- Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
- Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shuningdek, ularni
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi.
Kadrlar tayyorlash tizimni moliya va moddiy texnika jihatdan ta‘minlash
jarayonlarining qatnashchisidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturimiz o‘z ilmiy
salohiyati ahamiyati chuqur falsafiy ma‘noga ega ekanligi bilan xalqaro miqyosida
tan olindi va o‘z o‘rnini topdi.