Kichik guruh shakillantirildi
Mavzu yoritildi
1-гуруҳга
топшириқ
2- гуруҳга
топшириқ
3-гуруҳга
топшириқ
4- гуруҳга
топшириқ
Кўрсатма бериш ва йўналтириш
Муҳокама ва таҳлил қилиш
1- гуруҳ
тақдимоти
2- гуруҳ
тақдимоти
3-гуруҳ
тақдимоти
4- гуруҳ
тақдимоти
Баҳолаш
YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi: 30600102 Kompyuter garfikasi va dizayn operatori
O’quv amalyot nomi: Kompyuter grafigi va diayni
Mavzu 23:
Filterlar yordamida badiiy tasvir ishlash
Maqsad: O‘quvchilarga
Filterlar yordamida badiiy tasvir ishlash
o‘rgatish
.
Bajariladigan
ishlar
mazmuni
Moslamalar,
asboblar va hom-
ashyolar
Eskizlar, chizmalar, rasmlar
Bajarish tartibi
Filterlar
yordamida
haqida tushuncha
hosil qilish
Filterlar yordamida
badiy tasvir ishlash
jarayoni
Filterlar yordamida — Adobe
Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan
va tarqatilyotgan
koʻpfunksiyali grafik redaktor
Filterlar
yordamida
haqida
tushuncha
hosil qilish
Photoshopda
kirish jarayoni
Adobe Photoshop dasturining ishlab
chiqilgan sanasi birorta kalendarda
qayd etilmagan
Rasmga RGB
ranglar tanlash
jarayoni
Tanlagan rasm ustida
amal bajarish
Oʻshandan boshlab biz birga ishlab,
murakkab va mukammallashgan Display
dasturini tuzdik
Rasmda effect
tanlash jarayoni
Rasmda konstraktor
to’g’irlash
Qizigʻi shundaki, Industrial Light and
Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni
qayta ishlash bilan shugʻullanardi.
Yangi proekt
ochish va
piksellarni
tanlash
Yangi proekt ochish
Ushbu bepul dasturiy ta'minot
jamiyatga asoslangan rivojlanish orqali
hozirgi kunga qadar rivojlangan
27
1
27
2
Mavzu 23: Filtrlar yordamida badiiy tasvir ishlash
Reja
1. Rang tasvir haqida tushuncha
2. Badiiy tasvirda ishlar
3. Filtrlar yordamida badiiy tasvir ishlash avfzaliklari
Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda,
Masalan, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rangli. voqelikni
badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir
etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy
vazifalarga ega. Rangli asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida
mujassamlashadi, syujetni rassom Rangli ifoda vositalari (kompozitsiya, rasm,
rang, ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. Parterit. asarlari asos (maxsus
ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang
qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.),
ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat
boʻladi. Rasimning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang
orqali borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning
cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va
fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy
kechinmalar, oʻy-xayollarni aks ettirishi mumkin. Rangning tasviriy ifoda
vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang
eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga
qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor
tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki
koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng
shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov
beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa
asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni
bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. R. asarlari ishlanishini
shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi
uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda
esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi.
Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his
etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va
boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. Rangli. asarlarida bu
ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻldiradi. Rangli asarlari
oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va
koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir),
bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino
dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun
27
3
yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy
janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va boshqa
Rangli tasvir qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming
yilliklar)da paydo boʻlgan. Janubiy Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shimoliy
Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqalarda Rangli asarlari saqlanib qolgan;
soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan ishlangan, rasmlar tekis
sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi
seziladi, mezolit va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab
kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik
davrida rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq
mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan.sharqiy Yevropa (Yunoniston,
Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental R.
rivojlandi. Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga
turli mavzu va yoʻnalishda asarlar ishlandi.
Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan R. diniy
mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita tavBadmat qildi, nursoya,
chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara,
portret, natyurmortlar yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum
rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari
tasavvur beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati
oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta
Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik
boʻyoqlar, nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan
miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga
tush, akvarel va guash boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga
erishidsi. Uygʻonish davrida R.ning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga
tayangan realistik sanʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni
egalladi: ifoda tizimi hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika,
plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak
choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh R. ijtimoiy hayotga keng
koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay
boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi
murakkablashdi, koʻp qatlamli R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham
izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga
quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor ortdi. 17—18-
asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, Buyuk
Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni
haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik
oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim
oʻrinni egalladi. R. janrlari kengaydi, monumental R. bilan dastgoh sanʼati keng
rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal R. yanada mukammallashdi.
Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh R.)ning jahon
xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda
27
4
R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat qilib
ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar oʻtkir
tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida akademizmga asoslangan xayotdan
uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi asarlar maqtaldi,
naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va
salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali voqealariga
bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan,
rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada —
P.Jeriko, E.Delakrua; Germaniyada — F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada
O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash
uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda
tasvirni na faqat haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo
boʻlgan kechinma va taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat
kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar
tuslanishi va birbirining rangiga taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli
ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi (Angliyada — J.Konstebl,
Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va
boshqalar). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda
demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari koʻrsatildi, milliy
tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar,
jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus inqilobiy
demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi.
Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin,
V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. 19-asr 70-
yillaridan rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq
havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar
(K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida oʻrinni egalladilar. Ular R.
yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va
shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini
yangilanishiga, toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar
yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik,
musiqa, adabiyot va boshqa sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi
(qarang
Impressionizm
). 19-asrda moyboʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi,
bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi
boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-asr
R.ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-
asr oxiri — 20-asr boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi,
uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi;
meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish
ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda
avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.
Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga
raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari
ijodkor subʼyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida
27
5
tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari
natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.
Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman
voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). 20-asr 60-
yillar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika R.ida avangard sanʼati —
popartnpng unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib
avangard tarafdorlari ortib bormokda.
Oʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari
ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang
Ibtidoiy sanʼat
,
Zarautsoy
rasmlari
). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik
boshlarida R. oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob,
Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu
davrlar R.i yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir
Temur va Temuriylar davrida monumental R. (devoriy rassomlik, mozaika)
bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud
Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga
keldi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi
va 20-asrda oʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida
asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek
R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy
plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda
.
|