Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D)




Download 8,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/163
Sana05.02.2024
Hajmi8,98 Mb.
#151641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
Kompyuter grafigi va dizayn Muxammadiyev Asliddin

Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D). 
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik 
ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli 
animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin. 
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli 
avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad 
dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash 
tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida 
turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, 
loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini 
avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) 
masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.AutoCad paketi 
Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi 
yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan 
foydalanishi mumkin.IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli 
modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli 
modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli 
vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus 
modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik sifatiga 
erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va 
Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni 
modellashtirish 
va 
deformasiyalash 
vositalariga 
ega.IBM 
ga 
mos 
kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer 
dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar 
hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na 
poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida 
ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ 
Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish 
mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan 
ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan 
mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin.Designer dasturi 
splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga 
geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, 
animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega. 
Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. 
Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar 
bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm 
chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq 
qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus 
ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar 
qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon 
Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha 


vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI 
muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana 
Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin.

Download 8,98 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Download 8,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D)

Download 8,98 Mb.
Pdf ko'rish