|
Visualizer, Data ExplorerBog'liq Kompyuter grafigi va dizayn Muxammadiyev AsliddinVisualizer, Data Explorer.
SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli
tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik
tekisliklarini ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish
mumkin.
Video va komponovka bilan ishlash tizimlari.
Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch
o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni
yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi,
kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish,
suratga olingan materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni
kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.Windows va Macintosh muxitlarida
ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe Premier raqamlashtirilgan
videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi.
Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustaqil
videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt
va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida
ATI firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi
Adobe firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI
muxitida
ishlovchi
Composer
dastur
Alias/Waferfront
firmasining
maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari,
kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan foydalanish imkoniga ega
.Shular yordamida yuqori sifatli video maxsulotlarni yaratish, yozish,
taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni va animsiyali kliplarni
kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus effektlarni
matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi
natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda
ko’zatish, ko’rish mumkin.
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi
qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida
videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research
firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media
Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS
firmasining Pandemonium dasturlari mavjud.
|
| |