Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

1-mavzu: Kirish.
Avtomobillarning umumiy tuzilishi 
Reja: 
1.Avtomobillarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
2.Avtomobil ishlab chiqarish. 
3..Avtomobilsozlikni rivojlanish bosqichlari
Ma’lumki, avtomobil hozirgi xalq xo‘jaligining hamma sohalarida keng 
ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka 
ega bo‘lganligi sababli turli yo‘llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish 
hususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq 
usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat 
korxonalari qurish, qishloq xo‘jaligiga zarur yuklar, o‘g‘it va turli materiallarni 
tashish, keng iste'mol mollarini bevosita iste'molchilarga o‘z vaqtida yetkazib 
berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. 
Avtomobil transportining ro‘li qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
tashishda ham ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir 
avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati 
katta.
Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda 
barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. 
Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga 
bo‘lishimiz mumkin: 

loyihalash; 

ishlab chiqarish; 

ekspluatatsiya davri. 
Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab chiqarilgan 
avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan 
nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan. 
2.Darslikda hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan 
«EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ», «SPARK», 
«MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va hozirda 
Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar 
konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, mexanizm va tizimlarining 
vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan 
foydalanishda uchraydigan nosozliklar batafsil bayon etilgan. 
Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud 
avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik tayyorgarligini 
yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam 
ravishda texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, ularning 
saqlash joylari, ehtiyot qism va materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar 


169 
majmuini amalga oshirish lozim. 
Harakatlanuvchi transport mashinalarining rivojlanishga 1766 yilli 
mexanik I.Polzunov yaratgan bug‘ mashinasi katta o‘zgarish kiritdi. Keyinchalik 
bug‘ mashinasi yordamida relssiz yo‘llarda yo‘lovchi va yuk tashishga 
mo‘ljallangan bug‘ aravasi yaratilgan lekin bug‘ aravalari vazmin va qo‘pol 
bo‘lganligi sababli relssiz yo‘llarga moslasha olmadi. Keyinchalik bunday bug‘ 
aravalari relsli yo‘lga qo‘yilgach, temir yo‘l transporti vujudga keldi va tez suratlar 
bilan rivojlandi. 
Porshenli 
ichki 
yonuv 
dvigateli 
yaratilgandan 
keyingina 
avtomobilsozlik rivojlana boshladi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan 
ishlaydigan dvigatellar o‘rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko‘pgina 
ixtirochilari ish olib bordilar. 1880 yilda O.S.Kastovich benzin bilan ishlaydigan 
porshenli ichki yonuv dvigatelini qurdi 1898 yilda Peterburg texnologiya 
institutining professori G.P.Depp og‘ir suyuq yonilg‘ida ishlaydigan ichki yonuv 
dvigatelini yaratdi. Bu dvigatelda suyuq yonilg‘i siqish natijasida alanga olib, 
porshenni harakatga keltiradi. 1892 yilda avtomobil o‘rtacha tezligi 24 km/soatdan 
oshmagan bo‘lsa, 1895 yilda bu tezlik 69km/soatga yetdi. 1908 yilda avtomobillar 
Rigadagi Rus-Baltika zavodida chiqarila boshladi, ammo 8 yil ichida 450 dona 
yengil avtomobil ishlab chiqarildi. 
Sobiq Ittifoq davrida Avtomobil sanoatining yangi rivojlanish davri 
Ulug‘ Vatan urushidan so‘ng boshlandi. 1946-1955 yillar davrida Minsk, Kutaisi 
yuk avtomobil zavodlari va Lvov, Pavlov avtobus zavodlari qurildi. 1959-1965 
yillarda Belorussiya, Kremenchuk, Mogiloyov, Yerevan yuk avtomobil zavodlari 
va Likin avtobus hamda Zaporojes yengil avtomobil zavodlari ishga tushurildi. 
1970 yillarga kelib, Talyatti shahrida yiliga 660 ming yengil avtomobil chiqarishga 
mo‘ljallangan Volga avtomobil zavodi (VAZ) qurildi. 1975-1976 yillarda Kama 
avtomobil zavodi ishga tushirilib, uch o‘qli sakkiz tonnali dizel avtomobillari 
ishlab chiqarila boshlandi. Kelgusi yillarda bu zavodni ikkinchi navbatdagi 
qurilishi bitkazilib, yiliga 150 ming dona KaMAZ markali og‘ir yuk avtomobillari 
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. 
Hozir MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarning asosiy ba’za 
modellari quyidagilardir : Zil-130-80; GAZ-3110 “Volga”; KrAZ-257B1; MAZ-
5335; BelAZ-540; Ural-377; KAZ-608; KaMAZ-5320; Moskvich-412; VAZ-
2101; ZAZ-966; LiAZ-677; LAZ-695; PAZ-3205; UAZ-452; RAF-977; va 
boshqalar.
Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlari 
sharoitida yangicha shakllantirishda avtomobil transportining ham ahamiyati 
kattadir.O‘zbekistonda, qolaversa Markaziy Osiyoda avtomobil sanoatiga 
poydevor 1992 yili mamlakatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi 
chog‘ida “DEU Tablik MOTORS” kompaniyasi faoliyati bilan tanishish asosida 
qo‘yildi. 
1993 yilda loyihaviy quvvati yiliga 200 mingga yaqin avtomobil ishlab 
chiqarishga mo‘ljallangan zavod “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi ro‘yxatga 


170 
olindi va Asaka shahrida ulkan avtomobil zavodi qurilishi boshlanib, 1996 yil 19 
iyulda ishga tushirildi. 
O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o‘rin 
olishi uning beqiyos imkoniyatlaridan nishona, istiqbolli, kelajagi buyukligini 
tasdiqlovchi omildir. 
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab 
yuqoriligidan hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil 
(ulardan 4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan zavod “SamKochavto” o‘zbek–turk qo‘shma korxonasi 1999 yilning 
mart oyida ishga tushirildi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston uchun 
avtomobil sohasini mukammal biladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Buning uchun kollejlarning 
barcha o‘quvchilari boshqa fanlar bilan bir qatorda “Avtomobil transporti 
harakatlanuvchi tarkibi” fanini ham chuqur o‘rganishlari zarur. Chunki u 
jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni zamonaviy tashkil etishni, jumladan 
avtomobillarni sir-asrorlarini va tub mohiyatlarini ochib beradi. Avtomobil – o‘zi 
harakatlanuvchi (avto – grekcha o‘zi, mobil – lotincha harakatlanuvchi) degan 
ma’noni bildiradi. 
Avtomobil – quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, 
mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan hamda katta 
qulaylik va xavfsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni 
tashishga yoki o‘ziga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir. Avtomobillar vazifasiga ko‘ra transport, 
maxsus va poyga avtomobillariga bo‘linadi. 
Transport avtomobillariga yuk, passajir va yuk-passajir avtomobillari 
kiradi. 
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab yengil vaznli – 1,2t gacha; kichik 
vaznli–1,3…2,0 t gacha;o‘rta vaznli–2,1...8 t gacha; katta vaznli–9...14 t gacha; 
juda katta vaznli –15...20 t gacha; o‘ta katta vaznli – 21...40 t va 40 t dan ortiq yuk 
ko‘taradigan avtomobillarga bo‘linadi. 
Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar 
tashiladi. 
Sochiluvchan 
yuklar 
– yukni o‘zi ag‘daradigan(samosval) 
avtomobillarda , suyukliklar – sisternali avtomobillarda, ko‘pchilik oziq – ovqatlar 
esa refrijerator–furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar 

Download 19,16 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish