Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

ixtisoslashtirilgan 
avtomobillar 
deyiladi. 
Passajir avtomobillari yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 
o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: avtobuslar va yengil avtomobillar. Passajir 
avtomobillari sakkiztadan ko‘p o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa – 
avtobus

sakkiztadan kam o‘rinli bo‘lsa 
yengil avtomobil 
deb ataladi. Avtobuslar vazifasiga 
qarab shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, ma’lum joylarda qatnaydigan va 
umumiy ishlarda foydalaniladigan bo‘ladi. 
Yuqorida aytilgan vazifalariga qarab avtobuslarda o‘rinlar soni 10 dan 
80 gacha va undan ortiq bo‘ladi. Gabarit uzunligiga qarab avtobuslar: 5 metr – juda 


171 
kichich (mikroavtobus); 6,0...7.5metr – kichik; 8,0...9.5 metr –o‘rtacha; 10,5...12.0 
metr – katta va 16,5 metrdan ortiq qo‘shaloq avtobuslarga ajratiladi. 
Yengil avtomobillar ikki, to‘rt va yetti o‘rinli bo‘ladi. Ularga 
o‘rnatiladigan dvigatellarning ish xajmiga qarab yengil avtomobillar bir–biridan 
farq qiladi: 1,2 litr – mikrolitrajli; 1,3...1,8 litr – kichik litrajli; 1,9...3,5 litr – o‘rta 
litrajli; va 3.5 litrdan ortiq – katta litrajli.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan 
mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlanadi. Masalan, sanitariya, o‘t o‘chirish, 
ko‘cha supirish, yuk ortish avtomobillari. 
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida 
ishlanib, unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. 
Avtomobil kashfiyotchilarning bug‘ dvigatelini rivojlantirish, tako- 
millashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib borilishi 
natijasidir. Bir necha yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha o‘ziyurar 
avtomobillar yaratildi. Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 
1769-yilda fransuz harbiy injeneri 
Nikol-Jozef Kyunyo
yaratdi (1-rasm). 
Bu avtomobilida bug‘ dvigateli oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, 
oldingi g‘ildirak ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bug‘ dvigatelining 
bunday o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak 
o‘ng yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘ 
qozoni ham buriladi. 
Kyunyoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib 
ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda) 
qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib, uning tezligi 3 tonna 
yuk bilan 2-4 km/soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘ avtomobilini dastlabki yuk 
avtomobili deyish mumkin. Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‘lgan quvvatga 
qiyinchilik bilan erishardi. Qozon katta hajmga ega bo‘lib, buning bosimi tez orada 
1-rasm.
Kyunyoning bug‘ dvigateli bilan 
jihozlangan 
ekipaji. 


172 
pasayib qolardi. Bosimni bir maromda ushlab turish uchun har chorak soatda 
to‘xtab olovni kuchaytirish kerak bo‘lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan 
amalga oshirilgan va ko‘p vaqt talab qilar edi. 
Keyinchalik Kyunyoning bug‘ avtomobili muzeyga topshirilgan. 
Mexanik 
I.P.Kulibin
1791-yilda gollandiyalik Shamshurenkovning 
«o‘ziyurar kolyaska» g‘oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga 
keladigan «samokatka»sini yaratdi. Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning 
ravon yurishini ta’minlaydi (2-rasm). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar 
qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi. 
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etib, kuzovga 
ikki odam joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning 
orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar edi. 
Kulibinning «samokatka»si avtomobilning yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri 
bo‘ldi. 
XIX asrning 80-yilligiga kelib, Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa 
Yevropa davlatlarida neft qazib chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilishi va neftni 
qayta ishlash zavodlarining barpo etilishi, benzinli yoki dizel yonilg‘isida 
ishlaydigan ichki yonuv dvigatellari bilan (ichki yonuv dvigateli - bunday 
dvigatellarda issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanish jarayoni 
dvigatelning 
ichida 
amalga 
oshiriladi) 
jihozlangan 
avtomobillarning 
takomillashishiga 
yetarli 
zamin 
tayyorlagan 
edi.
2-rasm.
Kulibinning «samokatka»si 
1791-yil. 


173 
Germaniyadagi Reyn daryosi qirog‘ida joylashgan Mangeym shahri 
dunyodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi. 1885- yilning bahorida 

Download 19,16 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish