Test savollari. 1. Dvigatel qanday vazifani bajaradi? a)
issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantiradi.
b)
Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiradi.
c)
Gidravlik energiyani elektr energiyaga aylantiradi.
d)
Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiradi.
e)
a va d javoblar to‘g‘ri.
2. Ish siklini amalgam oshirish usuli bo‘yicha dvigatellar necha taktli bo‘ladi? a)
to‘rt va besh taktli.
b)
Ikki va to‘rt taktli.
c)
Uch va ikki taktli.
d)
Besh va yeti taktli.
e)
Olti va sakkiz taktli.
3. Qo‘llaniladigan yoqilg‘I turi bo‘yicha qaysilarga bo‘linadi? a)
benzinda ishlaydigan.
b)
Dizel yoqilg‘isida ishlaydigan.
c)
Siqilgan gazda ishlaydigan.
d)
Suyultirilgan gazda ishlaydigan.
e)
Barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Dvigatel necha mexanizm va tizimdan iborat? a)
ikki mexanizm va o‘nta tizim.
b)
Ikki mexanizm va beshta tizim.
c)
Beshta mexanizm va ikki tizim.
d)
Uchta mexanizm va beshta tizim.
e)
Ikki mexanizm va ikki tizimdan.
5. Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi nimadan iborat? a)
. Klapanlarni o‘z vaqtida ochish va yopish, yonuvchi aralashmani yoki
havoni slindrlarga kiritish va ishlatib bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarish uchun
xizmat qiladi.
b)
Slindr ichidagi ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan
bosimni qabul qilib porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma qaytma harakatini
tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
c)
Bir-biriga tegib ishlaydigan detal yuzalari ishqalanishi va yeyilishini
kamaytirish hamda ular orasida hosil bo‘lgan issiqlikning bir qismini o‘zi bilan
olib ketish maqsadida ular orasida moylash materialini keltirish uchun zarur
bo‘ladi.
d)
Karbyurator, injector va gazli dvigatellar slindrdagi ishchi
aralashmani majburiy ravishda yondirib yuborish uchun kerakli vaqtda elektr
uchquni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
e)
Tashqi muhit haroratiga qarab dvigatelning eng qulay haroratini -
yoqilg‘I yonishi va qo‘zg‘aluvchan detallarni qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishi
185
natijasida hosil bo‘lgan issiqlikning bir qismini sovitish agentiga yuborish uchun
xizmat qiladi