Ishlatiladiganyonilg‘ining turiga qarab:
>
benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);
>
dizel yonilg‘isida ishlaydigan;
>
gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilgan- metan).
KRIVOSHI
P-
SHATUNLI
MEXANIZ
M
GAZ
TAQSIMLAS
H
MEXANIZMI
180
b)
Ish siklining amalga oshishi bo ‘yicha:
>
ikki taktli;
>
to‘rt taktli;
>
olti taktli.
v) Ish aralashmasining alangalanishi bo ‘yicha:
>
elektr uchquni bilan alangalanadigan-karburatorli va injektorli
dvigatellar;
>
siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi-dizel dvigatellari.
g) Silindrlar soniga qarab:
>
uch silindrli;
>
to‘rt silindrli;
>
olti silindrli;
>
sakkiz silindrli.
Avtomobillarda asosan
to‘rt taktli
dvigatelining ish siklidan foydalaniladi.
Bular:
>
kiritish;
>
siqish;
>
kengayish (ish yo‘li);
>
chiqarish.
Ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
Ichki yonuv dvigatellari porshenli, rotor-porshenli va gaz trubinali
dvigatellarga bo‘linadi. Avtotraktorlarda porshenli dvigatellar ishlatilib, ular tashqi
muhitning katta temperatura chegarasida ishlash qobiliyati bo‘lgani va dvigatelni
yurgizib yuborish oson bo‘lgani sababli bunday dvigatellar keng qo‘llaniladi.
Ichki yonuv porshenli dvigatellar quyidagicha klasifikatsiyalanadi:
yonuvchi aralashmaning o‘t oldirish natijasida qizishi va unga yoqilg‘ining
purkalishi natijasida yonishi - bunday dvigatellarga dizel dvigatellari deyiladi va
silindrdagi yonuvchi aralashmani elektr uchquni yordamida alangalantirish -
bunday dvigatellarga karbyuratorli dvigatellar deyiladi. Dizel dvigatellarda
yonuvchi aralashma silindr ichida, karbyuratorli dvigatellarda esa yonuvchi
aralashma karbyuratorda tayorlanib silindrga undan so‘rib olinadi. Shuning uchun
bu ikki xil dvigatellarni bir-biridan yonuvchi aralashmaning tayorlanish usuliga
qarab farqlanadi.
Ishchi jarayonlarning amalga oshirilishi bo‘yicha: to‘rt taktli va ikki taktli
dvigatellardir.
Ishlatiladigan yoqilg‘i turiga qarab: suyuq yoqilg‘i bilan benzin va dizel
yoqilg‘isi bilan ishlovchi dvigatellar va gaz bilan ishlovchi dvigatellar
(ishlatiladigan gazlar qisilgan va suyultirilgan holatda bo‘ladi).
Silindrlar soniga qarab bir silindrli va ko‘p silindrli (ikki- to‘rt, olti silindrli
va hokazo).
Silindrlarning joylashishiga qarab: bir qatorli va ikki qatorli dvigatellar
(oxirgisi V-simon joylashish ham deb ataladi).
181
Porshenli ichdan yonar dvigatelar quyidagi mexanizmlardan: krivoship-
shatun, gaz taqsimlash va tezliklar regulyatoridan hamda quyidagi sistemalardan -
ta’minlash, sovutish, moylash, o‘t oldirish va yurgizib yuborishdan iboratdir.
2.
Dvigatellarning asosiy mexanizm va tizimlari.
Porshenli IYODlari ikki mexanizm va besh tizimdan iborat.
KSHM- slindr ichidagi ishchi aralashmani yonishi natijasida hosil bulgan
bosimni qabul qilib porshenning tug‘ri chiziqli ilgarilanma-qaytma harakatini
tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
GTM- klapanlarni uz vaqtida ochish va yopishga, bu esa uz navbatida
yonuvchi aralashmani yoki havoni slindrlarga kiritish va ishlab bulgan gazlarni
atmosferaga chiqarish uchun xizmat qiladi..
Ta’minlash tizimi dvigatelning turli rejimida tejamkor va tug‘ri ishlashi
uchun kerakli yoqilg‘I aralashma tarkibini tayyorlab berish hamda ishlatilgan
gazlarni tashqi muhitga shovqinsiz chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Yoqilg‘I
yoki havo aralashmani dvigatelni tezlik va yuklama ishlash rejimiga nisbatan
avtomatik rostlab berish, ta’minlash tizimi bilan bevosita ulangan rostlagich orqali
bajariladi.
Sovitish tizimi-ishlash rejimi hamda tashqi muhit sharoitiga qarab
dvigatelning eng qulay haroratini yoqilg‘I yonishi va quzg‘aluvchan detallarni
ishqalanishi natijasida hosil bulgan issiqlikning bir qismini sovitish agentiga
kerakli miqdorda yuborishini ta’minlaydi.
Moylash tizimi- bir-biriga tegib ishlaydigan detal yuzalari ishqalanishi va
yeyilishini kamaytirish hamda ular orasida hosil bulgan issiqlikni uzi bilan olib
ketish maqsadida ular orasida moylash materiallarini keltirish uchun xizmat qiladi.
Undan teshqari tizimdagi harakatlanuvchi moy ishqalanuvchi detallar orasidagi kir
va yeyilish zarrachalarini uzi bilan dvigatel karteriga olib tushadi.
O‘t oldirish tizimi- karbyurator, injector va gazli dvigatellar slindrlaridagi
ishchi aralashmini majburiy ravishda yondirib yuborish uchun kerakli vaqtda
elektr uchqunu hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Yurgizib yuborish tizimi- dvigatel slindrlarida ishchi siklning boshlanishini
turgun ta’minlaydigan bir-biriga ta’sir qiluvchi mexanizm va tizimlar majmuasidan
iborat.
3.
Asosiy tushunchalar va anikliklar.
|