193
5. Tashqi muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan ikki taktli dvigatellar
ko‘pchilikka yoqmay kelmoqda. Chunki ikki taktli dvigatellarda yonishdan hosil
bo‘lgan va atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlar havodan nafas oluvchi
kishilar va boshqa jonzotlar sog‘ligini tarkibidagi zaharli gazlar bilan xavf ostiga
qo‘yadi. Shuning uchun ham keyingi vaqtlarda ikki taktli dvigatellarni umuman
ishlab chiqarmaslik kerak degan fikrdagi kishilar ham bo‘ldi. To‘rt taktli
dvigatellarda yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklari tufayli, ikki taktli dvigatellardan
ham ba’zi bir jihatdan hatto orqada qolsa ham barcha tez yurar avtotraktor
dvigatellarida keng qo‘llanilmoqda.