• (14-rasm)
  •   Porshenlar, porshen halkalar va porshen




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/216
    Sana24.05.2024
    Hajmi19,16 Mb.
    #252024
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi

    4. 
    Porshenlar, porshen halkalar va porshen 
    barmoqlar

    Porshen 
    ish 
    yo‘lida 
    silindrda 
    harakatlanib, 
    gazlarning bosim kuchini qabul qiladi va ularni 
    shatun orqali tirsakli valga uzatadi. Porshenlar 
    odatda alyuminiy qotishmasidan tayorlanadi. Uning 
    ustki qismini porshen tubi deb yuritiladi. Porshen 
    tubida halkalar uchun maxsus ariqchalar qilinadi. 
    Porshenning tubi yongan gazlar bilan doimiy 
    kontaktda bo‘lganligidan uning ostki qismiga 
    qaraganda issiqlikdankengayadi. Shu maqsadda porshenning yubka deb ataluvchi 
    ostki qismini kattaroq diametrda qavariq qilib yasaladi 
    Porshen 
    asosan 
    uch qismdan iborat 
     (14-rasm): 
    taglik 6, tubi 7 va yubka 8. Uning tubi va yubka qismida ariqchalar bo‘lib, 
    ularga 
    halqalar 
    kiydiriladi. Yubka 8 porshenning yunaltiruvchisi bo‘lib 
    xizmat qiladi va ish jarayonida shatunning 
    yonlama 
    kuchlarini 
    silindr 
    devorlariga olib beradi. 
    Yubkaning ichki qismida ikkita qalin quyma joyi bo‘lib, uni bobishka deb 
    yuritiladi. Bobishkada porshen barmog‘i uchun teshik 2 yasalgan va unga tirgak 
    halkalar 
    uchun 
    ariqchalar yo‘nilgan bo‘ladi. 
    Karbyuratorli dvigatellarda porshen tubi yassi shaklda yasaladi. Dizel dvigatelarida 
    porshen tubini qalin qilib yasaladi. Gazlarning katta bosimiga bardosh bersin 
    uchun uning ichki tarafidan maxsus qovirg‘alar bilan mustaxkamlanadi. Dizel 
    porshenlarining tubini figurali qilib yasaladi. Bu undagi issiqlikni ko‘proq olib 
    berishni yaxshilasa, ikkinchidan yonish kamerasida yoqilg‘i aralashmasining 
    yaxshiroq aralashishiga imkon yaratadi. 
    Porshenning yubka qismi silindrik shaklda bo‘lmay. uning barmoq o‘qi 
    tekisligidagi diametri, barmoq o‘qiga perpendikulyar tekisdikdagi diametrdan bir 
    muncha kichik bo‘ladi. Porshen silindrda harakatlanganida, silindr devorlari bilan 
    porshen orasida intensiv ishqalanish boradi. Natijada porshen yongan gazlarning 
    issiqligidan va qo‘shimcha ravishda, ishqalanish hisobidan ham qiziydi. Shu qizish 
    hisobiga uning razmerlari o‘zgaradi. Silindr bilan porshen orasidagi zazor kamaya 
    boradi. Porshen silindrga qaraganda issiqlikdan ko‘proq kengayadi. Kengayish 
    natijasida u silindr ichida tiqilib qolishning oldini olish maqsadida ayrim 
    dvigatellar porshenlarning yubka qismi kesik qilib yasalgan bo‘ladi. Bu kesik 
    porshen 
    issiqlikdan 
    kengayganda 
    uning 
    razmerining 
    o‘zgarishini 
    kompensatsiyalaydi. 16-rasmlarda yubka qismi kesik qilib yasalgan porshenlar 
    (GAZ-53, GAZ-3102, GAZ-24 avtomobillari dvigatellarida) tasvirlangan. 
     


    211 
    15-rasm. Porshen, porshen halqalari va porshen barmog‘i. 
    Dvigatel katta tezlikda ishlayotganda tirsakli va unga mahkamlangan 
    shatunni o‘zi aylanayotgan yo‘nalish tomonga aylantirishga urinadi va shatunda 
    ma’lum bir kuch momenti hosil bo‘ladi. Bu kuch momenti porshenni silindr devori 
    tomonga doimiy ravishda bosib ishlaydi. Natijada porshen yubkasining bir tomoni 
    ikkinchi tomonga qaraganda ko‘proq ishqalanadi va yeyilish ko‘proq bo‘lishi 
    mumkin. 
    Ana shu kuchlarni kompensatsiyalash maqsadida porshen barmog‘ining 
    teshigi porshen markazidan valning aylanish yo‘nalishi tomoniga 1,5-2 mm 
    siljitilgan holda yasaladi. Shuning uchun xam porshenlarni yig‘ish paytida undagi 
    maxsus belgiga (“pered” deyilgan ezuvga) amal qilinishi kerak. Porshen silindrda 
    harakatlanayotganda metallarning bir-biriga ishqalanishi va natijdada yeyilishini 
    kamaytirishi maqsadida porshenning tashqi tomoni yupka qalay qoplamasi bilan 
    qoplanadi. Silindrda yonish protsessidagi hosil bo‘lgan issiqlikning ko‘pchilik 
    qismi porshenga ta’sir etadi. Porshenga yutilgan issiklikning aksariyat qismi, atrofi 
    suyuqlik yoki havo oqimi bilan sovutilib turgan gilzaga undagi xalkalar orqali 
    o‘tadi. Qolgan qismi, sachratilayotgan moy tomchilari orqali, yana bir qismi esa 
    silindrga surilayotgan va porshen bilan kontaktda bo‘lgan havo orqali o‘tadi. 
    Porshen bilan silindr devorlari orasidagi zazorni kamaytirish uchun porshen 
    halqalari ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda bu halqalar porshendagi issiqlikni silindr 
    devorlariga olib borish xamda moylash uchun ishlatilayotgan moylarni yonish 
    kamerasiga o‘tkazmaslik uchun xizmat qiladi. Halqalar ikki xil: kompression va 
    moy sidiruvchi bo‘ladi. Kompression halqalar juda og‘ir sharoitda ishlaydi. 
    Yongan gazlarning yuqori temperaturali muhitida ishlaydi, shuning uchun ularning 
    silindr devorlari bilan moylanish darajasi naqadar kam bo‘ladi. Shu sababli 
    gilzalarning yuqorigi qismlarida yeyilish ko‘proq bo‘ladi. Halqalarning har xil 
    formalari va ularning porshen ariqchalariga o‘rnatilishi 30-rasmda tasvirlangan. 
    Kompression halqalar odatda xrom, titan, mis bilan ishlatilgan cho‘yan 
    qotishmasidan yasaladi va molibden, vannadiy yoki volfram bilan legirlangan 
    bo‘ladi. Eng yuqori qatorda quyiladigan kompression halqalarning silindr bilan 
    ishqalanish natijasida yeyilishini kamaytirish maqsadida ustki qismi xrom bilan 
    qoplanadi. Hozirgi paytda dizel va karbyuratorli dvigatellarda ishlatiladigan 
    halqalar juda ko‘p hollarda yuqori mustahkam sharsimon grafitli cho‘yandan 
    quyiladi. 

    Download 19,16 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Porshenlar, porshen halkalar va porshen

    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish