Tirsakli val
Tirsakli val transmissiyaga aylanma harakat va burovchi momeni uzatadi. U
dvigatelning turli mexanizmlarini harakatga keltiradi.
Tirsakli val quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:
o‘zak bo‘yinlar (6, 10, 14 va 16) (17- rasm) bilan val karterda joylashgan o‘zak
podshipniklarga tayanadi; :shatun bo‘yinlari (8);o‘zak va shatun bo‘yinlarini
birlashtiruvchi jag‘lar (9) (bo‘yinlarining jag‘larga o‘tish joylari zo‘riqish
konsentratsiyasini kamaytirish maqsadida yumaloq shaklda yasaladi va bu galtel
deyiladi);
tumshuq (oldingi uchi);
dumcha (orqa qismi).
213
Dvigatel ishlayotganda tirsakli val davriy ravishda ta’sir qiladigan
gazlarning bosim kuchi va qaytma-ilgarilanma hamda aylanuvchi qismlarining
inersiya kuchlari ostida yuklangan bo‘ladi. Bu kuchlar val elementlarida egilish,
burilish va siqilish deformatsiyalarini keltirib chiqaradi. Bulardan tashqari val
bo‘yinlari mexanik yeyilishga ham uchraydi.
Tirsakli valga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: charchashga qarshi yuqori
mustahkamlik va tayyorlash aniqligi, bikirlik va yeyilishga chidamlilik, dinamik
muvozanatlanganlik, titrashning bo‘lmasligi, uncha katta bo‘lmagan o‘qiy siljish;
kichik massa.
Cho‘yandan quyilgan vallar po‘latdan yasalganga qaraganda oson bajariladi
va arzonga tushadi. Tirsakli valning boshqa detallar bilan tutashgan barcha
sirtlariga mexanik ishlov beriladi. Val bo‘yinlari yuqori aniqlikda ishlanadi. Yangi
vallarning ovalligi va konusligi 0,015 mm dan oshmasligi kerak. Qattiqlik va
yeyilishga chidamlilikni oshirish uchun tirsakli vallarning o‘zak va shatun
bo‘yinlariga termik ishlov beriladi. Undan keyin ular silliqlanadi va jilvirlanadi.
214
Test savollari.
1.
Korpus detail to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
a)
silindr bloki.
b)
Karter.
c)
Poddon
d)
Oldingi va orqa qopqoqlar
e)
Barcha javoblar to‘g‘ri.
2.
Nima uchun ayrim silindrlar sirti qavurg‘ali qilib tayyorlan?
a)
Havo bilan sovitiladigan dvigatellarda sovitish yuzasini oshirish
uchun qavurg‘ali qilib tayyorlanadi.
b)
Suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarda qavurg‘ali qilinadi.
c)
Moy bilan sovitilishi uchun
d)
Antifiriz bilan sovitiladi
e)
Yoqilg‘I aylanishi uchun
3.
Havo bilan sovitiladigan dvigatel silindrlarida ........ qo‘llanilmaydi.
Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni toping?
a)
Qopqoq
b)
Gilzalar
c)
Porshen
d)
Shatun
e)
Karter
4.
Porshen slindr ichida qanday harakatlanadi?
a)
Aylanma
b)
Egri chiziqli
c)
Ilgarilama qaytma
d)
Faqat ilgarilanma
e)
To‘g‘ri javob keltirilmagan
5.
Porshen qanday materialdan yasaladi?
a)
cho‘yandan
b)
misdan
c)
oltindan
d)
duralyuminiydan
e)
alyuminiydan
6.
Porshenning necha xil halqasi bo‘ladi?
a)
4
b)
5
c)
3
d)
2
e)
6
7.
Kompression halqaning vazifasi nimadan iborat?
a)
Moy sidirishdan iborat
b)
Slindr bilan porshen orasidagi zazorni bo‘shliqni to‘ldiradi.
c)
Porshen bilan shatunni birlashtiradi
d)
Harakatni uzatadi
215
e)
Barcha javoblar to‘g‘ri.
8.
Shatunnig vazifasi nimadan iborat?
a)
Dvigatelni moylash uchun xizmat qiladi.
b)
Dvigatelni sovitish uchun xizmat qiladi.
c)
Porshendagi harakatni tirsakli valga va tirsakli valdagi harakatni esa
porshenga uzatadi.
d)
Porshenni to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma qaytma harakatga keltiradi.
e)
C va d javoblar to‘g‘ri.
9.
Tirsakli valga qanday talablar qo‘yiladi?
a)
Charchashga qarshi yuqori mustahkamlik.
b)
Bikrlik va yeyilishga chidamlilik.
c)
Dinamik muvozanatlanganlik.
d)
Titrashning bo‘lmasligi.
e)
Barcha javoblar to‘g‘ri.
10.
Tirsakli val qanday materialdan tayyorlanadi?
a)
Duralyuminiy.
b)
Alyuminiy
c)
Ligerlangan cho‘yandan.
d)
Uglerodli po‘latdan
e)
C va d javoblar to‘g‘ri.
|