212
Moy sidiruvchi halqalar bir muncha yengil sharoitda ishlaydi. Ular porshenda bir
yoki ikki qator qilib joylashtiriladi. Hozirgi dvigatellarda ko‘proq bir qatorli
halqalar ishlatilmoqda. Ular maxsus cho‘yandan yoki po‘latdan yasaladi. Halqa
tashqi sirtining o‘rtasidan moy oqib ketishi uchun butun aylanasi bo‘ylab
halqasimon o‘yiqlar qilinadi. Shuningdek ariqchaning o‘rtasiga prujinasimon va
uning ikki tomoniga tekis po‘lat halqalardan iborat bo‘lgan moy sidirish halqalari
ham ataladi. Halkalarni silindr devorlariga doimiy yopishib turishini ta’minlash
maqsadida ular kesik qilib yasaladi. Bu kesik qulf deb ishlatiladi. Halqalar yig‘ish
paytida ularning qulflari har tomonga quyilishi kerak. Bu porshen ustidagi siqilgan
gazlarni qulf orasidan pastga o‘tkazib yuborishni kamaytirish uchun kerak.
Porshen shatun bilan erkin tipdagi barmoq yordamida ulanadi. Barmoq
porshen babishkasining yo‘nilgan teshiklariga tarang o‘rnatiladi. Silindrning
tirnalmasligi uchun barmoq porshen babishkasi bo‘ylab surilishining oldini olish
maqsadida prujinali maxsus halqalar bilan ushlanib turiladi. Barmoqlarning
og‘irligini kamaytirish maqsadida uni ichi bo‘shliq trubkasimon qilib, qattiq
po‘latdan yasaladi. Ko‘p dvigatellarda barmoq shatunda erkin harakat qiladigan
qilib, porshenga esa presslab kiritiladi.
Barmoqlar uglerodli va kam uglerodli po‘latdan yasaladi. Ularning
yeyilishini kamaytirish uchun ustki qismi toblanadi va sementatsiya qilinadi.
Shundan so‘ng uni obdan shlifovka va polirovka qilib, ma’lum standart razmerga
keltiriladi.
Porshen gruppasi detallari qiziganda ularning materialari har xil bo‘lganligi uchun
issiqlikdan kengayish koeffitsienti ham har xil bo‘ladi. Natijada poshenning
barmoq uchun yasalgan teshigi barmoqqa qaraganda ko‘proq kengayib, ular
orasidagi zazor kengayib ketishi va dvigatel ishlaganda har xil urilib ishlash
ovozlari paydo bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lmasligi uchun barmoqni porshenga
yig‘ishdan oldin porshen biroz qizdiriladi (70-80 S). U isishi bilan uning teshigi bir
muncha kengayadi. Barmoqni unga qoqiladi. Porshen sovuganda barmoq porshen
teshigiga qattiq qisilib qoladi. Ish jarayonida qizishi natijasida esa teshik biroz
kengayib, barmoq unda erkin aylanadigan holga keladi. Natijada barmoq
yuzasining eyilishi butun sirti bo‘yicha bir tekisda bo‘lib, uzoq muddat ishlashiga
yaxshi imkon yaratiladi. Ba’zi bir dvigatellarda barmoq shatun kallagiga presslab
kirgizilib (jiguli avtomobili dvigatellarida) porshenda erkin harakatlanadi.