Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

 


217 
 
 
Porshen.
Silindr ichida sodir bo‘ladigan ish siklining barcha 
jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yuqori bosim va temperatura 
sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o‘zgaruvchan inersiya kuchlari ta’sir 


218 
etadi. Shuning uchun porshen quyidagi talablarga javob berish kerak: issiqlik 
o‘tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bo‘lishi. Aluminiyli qotishmadan 
tayyorlangan porshen bunday talablarga to‘laroq javob beradi. Lekin aluminiyli 
qotishmadan tayyorganlan porshen cho‘yanga nisbatan issiqlikdan kengayish 
koeffitsiyenti 1,5 – 2 marta ko‘p. Bu kamchilikni porshenning ma’lum 
konstruksiyasiga binoan yo‘qotiladi. Ya’ni porshen yubkasining oval formada 
bo‘lishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bo‘lishi xisobiga uni 
silindr ichida qiziganda qadalib qolmasdan harakatlanishini ta’minlanadi. Porshen 
yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 – 0,10 mm bo‘ladi . 
YAMZ va KamAZ – 740 dvigatellarining porsheni yubkasida 
(yuqorida aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar 
ishlanmagan. Chunki bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bo‘lgan 
aluminiyli kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiqlikdan kam kengayish 
xususiyatiga ega. Lekin bu porshenlar ham bo‘yiga konusli, yubka kesimi esa oval 
shaklida ishlangan. 
Porshen golovkasida porshen xalqalari uchun ariqchalar yasalgan. 
Ayrim dvigatellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yuqoridagi ariqchani chidamligini 
oshirish maqsadida uni tubiga cho‘yan xalqa quyiladi. So‘ngra cho‘yan xalqada 
kompression xalqa uchun ariqcha o‘yiladi. 
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi 
moslashib ishlashini ta’minlash uchun uning tashqi yuzasi yupka (0,004…0,006 
mm) qalinlikda qalaylanadi. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish