• 8-mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi. Mexanizmning turlari.
  • Pedagogik innovatsiyalar, professional




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/216
    Sana24.05.2024
    Hajmi19,16 Mb.
    #252024
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   216
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi

    Nazorat savollari 
    1.
    Porshen qiziganda silindrda qadalishni oldini olish uchun qanday 
    konstruksiya qo‘llanilganh 
    2. Krivoship – shatun mexanizmining asosiy detallari qanday 
    materiallardan tayyorlanganh
    topshiriqlar 
    1. Krivoship – shatun mexanizmining turlarini o‘rganish. 


    220 
    8-mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi. 
    Mexanizmning
    turlari. 
     
    Reja: 
    1.Gaz taqsimlash mexanizmi haqida umuiy ma’lumot. 
    2. Mexanizmning turlari 
    3.Gaz taqsimlash mexanizm detallari 
    Gaz taqsimlash mexanizmi dvigatel silindrida ish jarayonni o‘tishiga qarab 
    unga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritish va 
    ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladL To‘rt taktli dvigatellarda asosan 
    klapanli gaz taqsimlash mexanizmi qo‘llaniladi. Bunday mexanizmlar 
    klapanlarning silindrga nisbatan joylashuviga qarab, pastda (silindrlar blokining 
    yon tomonida 20 a-rasm) yoki yuqorida (silindrlar kallagida 20 b-rasm) 
    joylashgan klapanli gaz taqsimlash mexanizimlariga bo‘linadi. 
    Yonuvchi aralashma yoki havoni silindrga kirituvchi klapanlar kiritish, 
    ishlatilgan gazlarni silindrdan tashqariga chiqaradiganlari esa chiqarish klapanlari 
    deyiladi. Ko‘pchilik avtomobil dvigatellarida har bir silindrda bitta kiritish va bitta 
    chiqarish klapani bo‘ladi. Ayrim dvigatellarida har bir silindra uchtadan (ikkita 
    kiritish va bitta chiqarish) yoki to‘rttadan (ikkita kiritish va ikkita chiqarish) 
    klapanlar o‘rnatiladi. 
    To‘rt taktli dvigatelning ish sikli davomida uning tirsakli vali ikki marta 
    aylanganda har bir klapan bir martadan ochilishi lozim. Demak, tirsakli val ikki 
    marta aylanganda dvigatelning taqsimlash vali bir marta aylanishi kerak. Shuning 
    uchun ular orasidagi uzatish soni 2:1 ga teng. 


    221 
    Klapanlari pastda (silindrlar blokida) joylashgan gaz taqsimlash 
    mexanizmida (20 a-rasm) klapan 5 silindrlar blokining yon tomonida joylashadi. 
    Bu turdagi mexanizm quyidagi detallardan iborat: taqsimlash vali tishli g‘ildiragi 
    1 bilan, klapanlar 5, klapanlarni yo‘naltiruvchi vtulkalar, klapan purjinasi 7 va 
    tayanch shayba 8, turtkich 9, rostlash bolti 4 qotiruvchi gaykasi bilan, suxariklar 
    hamda klapanlar kallagining joylashishiga mo‘ljallangan o‘rindiq 6 lardan tashkil 
    topgan. 
    Tirsakli val 3 aylanma harakatni tishli g‘ildiraklar 2 va 1 orqali taqsimlash 
    valiga uzatadi. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchasi 10 turtkich 9 ga 
    tiralib, uni tepaga ko‘taradi. Turtkichning rostlash bolti 4 klapan 5 sterjenining 
    tubiga tegib, uni yuqoriga ko‘taradi, natijada, klapan kallagi o‘z o‘rindig‘idan 6 
    tepaga siljib ochiladi. Klapan ko‘tarilganida prujina 7 siqiladi. Silindr yangi zarad 
    (yonuvchi aralashma yoki havo) bilan to‘ldirilgandan yoki ishlatilgan gazlar 
    chiqarilgandan so‘ng mushtcha turtkich tubidan chiqadi va purjina o‘z kuchi bilan 
    klapanni avvalgi holatiga qaytaradi, natijada klapan kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips 
    joylashadi. Klapanning jips o‘rnashishini ta’minlash uchun, yig‘ishdan oldin uni 
    o‘rindig‘iga tirab aylanma harakat bilan ishqalanadi (pritirka). Shunda ularning 
    ishlaydigan konus yuzalari bir- biriga yaxshi jipslashadi. 
    Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi
    (20b- rasm) 
    o‘zining afzalliklari tufayli, konstruksiyasining birmuncha murakkabligidan qat’i 
    nazar (klapanlari pastda joylashganga nisbatan) deyarli barcha zamonaviy 
    avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladi. Bunda yonish kamerasi ixcham, siqish 
    20-rasm.
    Gaz tasimlash mexanizmining sxemalari: 
    a-klapanni pastda joylashgan; b-klapanni yuqorida joylashgan; 1 va 2-tishli 
    g‘ildiraklar; 3-tirsakli val: 4-rostlash boltlari; 5-klapanlar; 6-o‘rindiqlar; 7-prujina; 8-
    tayanch shayba; 9-turtkich; 10-mushtcha; 11-koromislo; 12-koromislo o‘qi; 
    13-kronshteyn; 14-shtanga. 


    222 
    darajasi va silindrni yonuvchi aralashma bilan to‘ldirish koeffitsiyenti nisbatan 
    yuqori bo‘ladi. Bu omillar avtomobil dvigatelining quvvati va yonilg‘i 
    tejamkorligini birmuncha oshiradi. Bunday gaz taqsimlash mexanizmi quyidagi 
    detallardan tashkil topgan: 
    Taqsimlash vali bilan uning tishli g‘ildiragi, koromislolar 11 bilan uning 
    o‘qi 12, klapanlar 5, mahkamlovchi detallari bilan birga klapan prujinalari va 
    yo‘naltiruvchi vtulkalaridan tuzilgan. 
    Bu mexanizm quyidagicha ishlaydi: taqsimlash vali aylanganda uning 
    mushtchasi turtkichga tiralib, uni shtanga 14 bilan birgalikda yuqoriga ko‘taradi. 
    Harakat shtanga orqali, koromisloning 11 ketingi uchiga burab kiritilgan boltga 4 
    o‘tadi va koromislo o‘z o‘qida buriladi. Burilishi natijasida ikki yelkali 
    koromisloning bir uchi klapan 5 sterjeniga tiralib uni pastga suradi, klapan 
    prujinasi siqiladi, natijada klapan o‘z o‘rindig‘idan siljiydi va yangi zarad 
    (yonuvchi aralashma yoki havo) keladigan yoki ishlatilgan gazlar chiqib ketadigan 
    kanal ochiladi. Klapan to‘la ochilgan payt turtkichning tubi mushtchaning eng 
    yuqorigi qismida turgan holatiga to‘g‘ri keladi. Taqsimlash vali burilgan 
    Klapan esa prujina ta’sirida yuqoriga surilib avvalgi vaziyatini egallaydi, 
    ya’ni uning kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashadi. Klapanlari yuqorida 
    joylashgan mexanizmda taqsimlash valining, o‘rnatilish joyiga qarab ular 
    silindrlar blokida joylashgan yoki silindrlar bloki kallagida joylashgan bo‘lishi 
    mumkin. Klapanlari va gaz taqsimlash valining dvigatelda turlicha joylashtirish 
    usullarining sxemalari 21-rasmda ko‘rsatilgan. 


    223 
    21-rasm.
    Gaz tasimlash mexanizmi detallarning joylashtirish 
    usullariga oid sxemalar: 
    a-klapanlari va taqsimlash vali pastda-silindrlar blokida joylashgan; b-
    klapanlari yuqorida-silindrlar blokining kallagida, taqsimlash vali pastda-
    silindrlar blokida joylashgan; v va g - klapanlari va taqsimlash vali yuqorida - 
    silindrlar blokining kallagida joylashgan; 1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-
    turtkich; 3-rostlash bolti;lapan; 5-prujina; 6-kiritish kanali; 7 va 8 -tishli 
    g‘ildiraklar; 9-shtanga; 10-koromislo; 11-koromislo o‘qi; 12-taqsimlash 
    valining yuritmasi; 13-tishli shkiv yoki zanjir; 14-rostlovchi shayba. 
    Klapanlar yuqori harorat sharoitida ishlaydi. Qizigan dvigatelda klapanning 
    o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashishi ishonchli bo‘lishi uchun klapan sterjeni bilan 
    koromislo 10 (20 b, v-rasm) yoki turtkich 2 (21a- rasm) oralig‘ida katta bo‘lmagan 
    (A=0,15....0,30 mm) tirqish nazarda tutilishi lozim. Chunki klapanlarning qizishi 
    natijasida ularning sterjeni uzayadi. Shunda, agar tirqish bo‘lmasa, klapanning 
    qizigan sterjeni koromisloga tiralib qolib yuqoriga emas pastga, kallagi tomon 
    uzayadi. Natijada klapanning kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashmasdan dvigatel 
    ish jarayonining normal o‘tishini buzilishiga olib keladi. Ya’ni, ayniqsa ish yo‘li 
    taktida yuqori harorat va bosimga ega gazlar to‘liqligicha porshenga ta’sir 
    etmasdan qisman ochiq qolgan klapan orqali tashqariga chiqa boshlaydi. Buning 
    oqibatida klapanning ishchi yuzasi kuyadi, dvigatel quvvati pasayadi. Tirqish 
    me’yoridan katta bo‘lsa klapanning ochiqlik davrining qisqarishi hisobiga bunda 
    ham dvigatelning quvvati pasayadi, uning ishlashida o‘ziga xos shovqin (taqillash) 
    kuzatiladi. 
    «Issiqliq»
    deb nomlangan bu tirqishni rostlash uchun taqsimlash 
    mexanizmi yuritmasida rostlovchi bolt va qotiruvchi gayka o‘rnatilgan. 
    Ayrim zamonaviy avtomobil dvigatellari gaz taqsimlash mexa- nizmining 
    yuritmasida «gidrokompensator» deb nomlangan tuzilma qo‘llash bilan klapanlar 
    tirqishsiz 
    o‘rnatilgan. Bunday konstruksiyani qo‘llash gaz taqsimlash 
    mexanizmining shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, texnik qarovda 
    tirqishni rostlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar qisqaradi. Gidrokompensatorni 
    yuritmada joylashtirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. 
    Neksiya avtomobilining S2 rusumli dvigatelida gidrokompensator turtkich 
    ichida joylashtirilgan bo‘lib, u dvigatelning moylash tizimi bilan bog‘langan
    g
    )
    v)


    224 

    Download 19,16 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   216




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish