247
almashtiriladi. Dvigatel karteridagi moy sathi, avtomobil tekis maydonda turganda,
dvigatel ishlashdan to‘xtagandan keyin 3-5 daqiqa o‘tgandan so‘ng tekshiriladi.
Dvigateldagi moyni almashtirish ishlari (uni ishlash vaqtiga, " detallarning
yeyilish darajasiga, moy sifatiga, yo‘l va iqlim toifasiga bog‘liq bo‘lib) avtomobil
1,5—10 ming km.gacha yurgandan so‘ng bajariladi. Hozirda xorijiy firmalar
(«KOSTROLL», «SHELL», «MOBIL», «TEKSAKO» va h.k.) tomonidan ishlab
chiqarilayotgan moylarning resurslari 10—50 ming km.ni tashkil etadi. Moyni
dvigatel qizigan vaqtda almashtirish tavsiya etiladi. Ishlatib bo‘lingan moy
dvigateldan to‘kib yuborilgandan so‘ng, moylash tizimi kam qovushqoqligi vereten
moyi, dizel yonilg‘isi hamda dizel yonilg‘isi bor moy aralashmasi yoki 90 % uayt-
spirti hamda 10 % asetonli yuvish aralashmasi bilan yuviladi. Dvigatel karteriga
(moylash tizimining sig‘imiga bog‘liq holda) 2,5-3,5 1 yuvish suyuqligi quyiladi,
dvigatel yurgizilib, uni tirsakli valning minimal (600^ . 800 ayl/min) aylanishida salt
holatda 4 va 5 daqiqa ishlatilib, yuvish suyuqligi to‘kib yuboriladi va yangi moy
quyiladi.
«flM3-236», «flM3-238», «KaMA3-740», «Nexia», «Damas» va boshqa
turdagi dvigatellarning karterlariga 6 1 dizel moyi va 101 dizel yonilg‘isi
konsentratsiyasida aralashma tayyorlanib, bu aralashma kerakli miqdorda (karterga
quyiladigan 2/3 moy hajmida) quyilib, moylash tizimi yuviladi. Zamonaviy
avtomobil-larning moylash tizimini yuvish uchun Rossiyada «VNIINP—M3/3»,
«FIAT» firmasi «Oliofiat L-20» va «Shell» firmasi «Shell Donaks» yuvish moylarini
tavsiya etadi.
l& Maxsus qurilma va yuvish moyi (20-industrial jnoy) yordamida
dvigatelning moylash tizimini yuvish yaxshi samara beradi. M—1147 turdagi
«PocaBTOcneuo6opyaoBaHMe» zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan moylash
tizimini yuvadigan qurilma quyidagicha ishlashga asoslangan, ya’ni yuvish moyi,
shtutser orqali (karterning moy to‘kish teshigiga ulab qo‘yilib) vaqt-vaqti bilan
dvigatelning karteriga nasos yordamida berib turiladi va undan tizimni tozalab yuvib
chiqadi.
Moylash tizimi dvigatel salt ishlaganda yuviladi. Bu qurilmada mayin
tozalash filtri mavjuddir. Yuvish moyi bir necha marfa (filtrdan o‘tkazib) tozalangan-
dan so‘ng, kelgusida foydalanish mumkin. Moylash tizimi 6—10 ming km masofani
bosgandan so‘ng (navbatdagi 2-TXK pay-tida) hamda mavsum alniashish paytida,
albatta, yuviladi. 1-TXK paytida, mayin moy filtridan quyqa to‘kib yuboriladi.
Karburatorli dvigatellarda, moy almashtirilganda, flltrlovchi elementlar ham
almashtiriladi. Moy almashtirishdan oldin, filtr korpusidan quyqani to‘kib yuborish
lozim. Filtrlovchi element chiqarib olinib, korpusining ichki tamoni kerosin bilan