-mavzu: Moylash tizimining vazifasi. Ishlatiladigan moylar




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

13-mavzu:
Moylash tizimining vazifasi. Ishlatiladigan moylar. 
Reja: 
1.Moylash haqida umumiy ma’lumot. 
2.Moylash materiallari. 
3.Moylash tizimining tuzilishi va ishlash jarayoni 
Moylash tizimi dvigatel detallarining ishqalanuvchi yuzalariga yetarli 
miqdorda moy yetkazib berish bilan ulardagi ishqalanishni va yoyilishni 
kamaytirish vazifasini bajaradi. Shuningdek, ishqalanuvchi yuzalarni qisman 
sovitadi va ularda yeyilishdan hosil bo‘lgan metall zarrachalari bilan birga moy 
qurumlarini yuvadi, so‘ngra karter tubidagi ifloslangan moylarni filtrlaydi. 
Moy dvigatel detallariga sachratish, bosim ostida yoki aralash usulda 
berishi mumkun. Shunga ko‘ra, zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan 
kombinatsiyalashgan (aralash) moylash tizimi qo‘llaniladi. Bu turdagi moylash 
tizimida katta yuklanib ishlaydigan detal yuzalariga moy nasos orqali bosim ostida 
majburiy, qolganlariga esa sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi. 
Kombinatsiyalashgan moylash tizimi quyidagi detal, mexanizm va tuzilmalardan 
tashkil topgan: moy karteri, moy qabul qilgich, moy nasosi, moy filtrlari, moy 
radiatori, moy klaponlari, moy kanallari, moyning satxi, bosim va haroratni 
ko‘rsatuvchi asbob-uskunalar (26-rasm). 
Moylash tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
>
moy karteri; 
>
moy nasosi moy qabul qilgich bilan birga; 
>
moy filtrlari; 
>
moyni yuqori bosim ostida uzatuvchi quvur (silindrlar 
blokidagi). 


241 
26-rasm.
Dvigatelning moylash tizimi sxemasi. 
1-moyni gaz taqsimlash mexanizmlariga yetkazuvchi quvur: 2-asosiy moy 
magistrali; 3-taqsimlash valiningpodshipnikini moylash quvuri; 4-dvigatel karteri: 
5-filtlovchi element; 6-moy filtrini qopqog‘i; 7-moy nasosi; 8-moy qabul qilgich; 
9-moy karteri; 10-moyni chiqarish tiqini. 
Moy nasosi, moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi 
yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish tuzilmalariga yuborish uchun 
xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida asosan shesternyali nasoslardan 
foydalanib, ular oddiy tuzilgan va ishonchli ishlaydi. Nasoslar shesternyalarning 
ilashishi bo‘yicha tashqi va ichki ilashgan shestrenyalilarga bo‘linadi. Tashqi 
ilashgan shesternyali nasoslar o‘z navbatida bir yoki ikki seksiyali, ya’ni bir juft 
yoki ikki juft shestrenyali bo‘lishi mumkin. Zamonaviy yengil avtomobillarda 
(Neksiya, Tiko, Damas avtomobil dvigatellari) ko‘pincha ichki ilashishda bo‘lgan, 
aylanma xarakatni tirsakli valdan oladigan nasoslardan foydalanilmoqda. Nasos 
korpusida yetakchi yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklar joylashgan. Nasos 
ishlayotganda tizimda yetarli bosim hosil bo‘lishi uchun ikkala g‘ildirak 
tishlarining qirralari bilan korpus devori oralig‘idagi radial tirqish kichik 
(0,06.0,1mm) bo‘lishi nazarda tutiladi. Yetakchi tishli g‘ildirak harakatni valikdan 
oladi va unga shponka yordamida mahkamlanadi. Yetaklanuvchi tashqi g‘ildirak 
esa o‘z o‘qida erkin aylanadi. 


242 
Nasos ishlayotganda uning tishli g‘ildiraklari strelka bo‘yicha yo‘nalishda 
aylanadilar. Shunda moy karter tubidan qabul qilgich orqali nasosning kiritish 
kanaliga 3 vujudga kelgan siyraklanish ta’sirida so‘riladi va korpus devori bilan 
tishlar oralig‘idagi bo‘shliq to‘ldiriladi. Tishli g‘ildiraklarning aylanishi davomida 
bo‘shliqlardagi moy korpus devori bo‘ylab nasosning haydash kanali orqali asosiy 
moy kanaliga bosim bilan yuboriladi. Tishlar ilashishga kirayotganda ular 
oralag‘idagi, o‘ramda qolgan, moy qisilib g‘ildiraklarni radial yo‘nalishda ikki 
tomonga keradigan kuch xosil qiladi va ularni erkin aylanishga to‘sqinlik qiladi. 
Shuning uchun tishlarning ilashgan joyida korpusda ariqcha qo‘yiladi va uni 
kanalcha orqali xaydash bo‘shlig‘i bilan tutashtiriladi: shunda g‘ildiraklarning 
erkin aylanishiga qarshilik ko‘rsatayotgan tishlar oralig‘idagi qisilgan moylar 
xaydash bo‘shlig‘iga o‘tkazib yuboriladi. Nasos bilan xosil qilinadigan bosim 
asosiy moy kanalidan moyning qay darajada sarflanishi, tishli g‘ildiraklarning 
aylanishlar chastatasi va moyning qovusholigiga boliq bo‘ladi. Benzinli 
dvigatellarda tizimdagi moyning bosimi 0,3...0,5MPa, dizellarda esa 0,5...0,7MPa 
bo‘ladi. Tizimdagi moy bosimini belgilangan me’yoridan ortib ketmasligini 
reduksion klapan ta’minlaydi. Bosim belgilanganidan ortib ketsa reduksion 
klapanining sharchasi prujina kuchini yengib o‘rindig‘idan siljiydi va moyning 
ma’lum miqdorini nasosning so‘rish bo‘shlig‘iga o‘tkazadi va tizimdagi bosim 
pasayadi. 
27b-rasmda ichki ilashishdagi shesternyali moy nasosining ishlashi 
27-rasm.
Moy nasosi sxemasi. a) tashqi ilashgan 
shesternyali. b) ichki ilashgan shesternyali. v) rotorli. 1-
yetaklovchi shesternya; 2-nasos qobig‘i; 3-keluvchi 
quvur; 4-yetaklanuvchi shesternya; 5-o‘q; 6-yuboruvchi 
quvur; 7-ajratiluvchi sektor; 8-yetaklanuvchi rotor; 
9-yetaklovchi rotor. 


243 
tasvirlangan. Bunday nasoslar Neksiya, Tiko, Damas avtomabil dvigatellarida 
qo‘llanilgan. Nasos - so‘rish va xaydash kanallariga ega bo‘lgan korpus, tashqi 
tishli yetakchi va ichki tishli yetaklanuvchi g‘ildiraklar va pulunjerli reduksion 
klapandan iborat. Tishli g‘ildiraklar ilashgan holda korpus ichida o‘rnatilgan. 
Korpusda, g‘ildiraklarning ilashishdan chiqqan joyida tishlarning qo‘yiqchalarini 
bir-biridan ajratib turuvchi o‘roqsimon to‘siq ishlangan. 
Moy filtrlari moyni, dvigatel detallarining yeyilishi natijasida xosil 
bo‘ladigan metall zarrachalari, shuningdek, chang va moyning eskirishi natijasida 
unda xosil bo‘ladigan turli oksid moddalari va boshqa ifloslantiruvchi 
elementlardan tozalaydi. Arganik va noarganik zarrachalar bilan ifloslangan moy, 
detallarning ishqalanib ishlaydigan yuzalarining tez yeyilishiga sabab bo‘ladi va 
moy kanallarini ifloslantiruvchi smola va moy quyilari bilan to‘lib olishiga olib 
keladi. 
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladigan filtrlarning turi moyni 
tozalash usuliga ko‘ra, tirqishli yoki markazdan qochma bo‘lishi mumkin. 
Tirqishli filtrlarda moyning tozalanish darajasi uning moy o‘tkazadigan mikro 
teshikchalari (tirqishlari)ning o‘lchami bilan belgilanadi. Markazdan qochma 
filtrlarda qattiq zarrachalarni moydan ajratish markazdan qochma kuch ta’sirida 
amalga oshiriladi. 
Filtrlar, ushlab oladigan zarrachalarning o‘lchamlariga ko‘ra dag‘al 
(40mkm gacha zarrachalarni ushlaydi) va mayin (1..2mkm gacha zarrachalarni 
ushlaydi) filtrlarga bo‘linadi. 
Mayin tozalash filtrlari. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida mayin filtr 
sifatida tirqishli yoki markazdan qochma tozalash filtrlaridan foydalanilmoda. 
Bunday filtrlar moyni 1-2mkm gacha bo‘lgan mexanik zarrachalardan to‘la 
tozalaydi. Shuningdek, smola va moy quyilarini ham ushlab qoladi. Tirqishli 
filtrlarda almashtirib turiladigan tozalovchi elementi sifatida lentali-qog‘oz, 
maxsus karton yoki karton disklar to‘plami va boshqa materiallardan 
foydalaniladi. Nasosdan bosim bilan xaydalgan moy filtrlovchi elementlarning 
mikro kavaklaridan (tirqishlaridan) tozalanib o‘tib asosiy moy kanaliga boradi. 
Karterni shamollatish. Dvigatelning ish jarayonida porshen ustida xosil 
bo‘lgan yuqori bosimga ega gazlarning bir qismi porshen xalqalari bilan silindr 
oralig‘idagi tirqishdan karterga o‘tadi. Bu gazlar yonuvchi aralashma, to‘la va 
qisman yongan maxsulotlardan iborat bo‘lib karter gazlari deb ataladi. Karterga 
o‘tadigan gazlarning miqdori dvigatel yuklanishining ortishi, shuningdek silindr, 
porshen va porshen xalkalari yeyilishining oshishi natijasida ko‘payib boradi. Bu 
gazlarning tarkibida yonilg‘i va suv bug‘i, karbonat angidrid, oltingugurt, azot va 
qisman karbon-vodorod birikmalari bo‘ladi. Yonilg‘i bug‘i tomchiga aylanib 
moyni suyuqlashtiradi, suv bug‘i va boshqa birikmalar moyni oksidlaydi, natijada 
moyning sifati yomonlashadi. Karter gazlarining moyga yomon ta’sirini 


244 
kamaytirish uchun ularni karter bo‘shlig‘idan uzluksiz ravishda chiqarib turish 
lozim bo‘ladi. Shuningdek karter bo‘shlig‘ini yetarli darajada shamollatilmasa, 
karterda gaz bosimi ortib, tirsakli valning salnik elementi va karterning zichlovchi 
qistirmalaridan moy oqaboshlaydi. Bundan tashqari, gazlar kabina yoki kuzovga 
o‘tsa, xaydovchi va yo‘lovchilarni zaxarlaydi. 
Gazlarni karterdan uzluksiz chiqarib turish karter bo‘shlig‘ini shamollatish; 
bu jarayonni ta’minlovchi majmua tuzilmalarni karterni shamollatish tizimi deb 
ataladi. 
Shamollatilganda karter moyining sifati nisbatan yaxshi saqlanadi uni 
almashtirish orqalig‘i uzayadi va dvigatelning xizmat muddati ortadi. 
Avtomobil dvigatellarida ikki xil shamollatish usuli qo‘llanilgan bo‘lib, 
agar karter gazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga, atmosferaga so‘rilishini 
ta’minlansa ochiq yoki dvigatelning ta’minlash tizimiga ya’ni kiritish taktiga 
majburiy qaytarilsa yopiq shamollatish tizimi deyiladi. 


245 

Download 19,16 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Moylash tizimining vazifasi. Ishlatiladigan moylar

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish