Gaz ballonli qurilmalarning reduktorlari.
Gaz reduktorining vazifasi
259
ballondan dvigatelga kirayotgan (o‘tayotgan) gaz bosimini kamaytirish, dvigatelni
ish rejimlariga mos ravishda aralashtirgichga uzatilayotgan gaz miqdorini
avtomatik rostlash (o‘zgartirish) hamda dvigatel ishlashdan to‘xtaganda gaz
magistralini bir lahzada uzib qo‘yishdan iborat.
Konstruktiv nuqtai nazaridan avtomobil gaz reduktorlari dozalovchi,
pasaytiruvchi
(razgruzochnoye)
qurilmalar
va
pnevmatik
yuritmali
ekonamayzerdan iborat membrana-richag turli ikki pog‘onali avtomatik bosim
regulatoridir.
Kiritish va chiqarish quvurlari. Har bir dvigatelda odatda alohida quyilib
tayyorlangan ikkita quvur mavjut - kiritish va chiqarish quvurlari. Kiritish
quvurlari (karburator)ni dvigatel kiritish klapanlari tuynuklari bilan tutashtirib,
tayyorlangan yonuvchi aralashmani silindrlarga uzatish uchun xizmat qiladi.
Chiqarish quvuri silindrlardan ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib
yuborish uchun xizmat qiladi (32-rasm).
Bir qatorli, klapanlari pastda joylashgan dvigatellarda kiritish va chiqarish
quvurlari blokning bir tomonida joylashadi, klapanlar yuqorida joylashgan
dvigatellarda esa kiritish va chiqarish quvurlari aksariyat kallak qismiga, bir
tomonda ustma-ust qilib o‘rnatiladi.
Kiritish quvurlari aluminiy qotishmasidan, chiqarish quvurlari esa
cho‘yandan tayyorlanadi.
Bir bo‘linmali yoki ketma-ket ishlaydigan ikki kamerali injektor
(karburator) o‘rnatilgan dvigatellarda kiritish quvurlari barcha silindrlar uchun
umumiydir. Parallel ishlaydigan ikki kamerali injektor (karburator) o‘rnatilgan
dvigatellarda esa kiritish quvurlari ikkita kiritish tuynugi bilan ta’minlangan.
32-rasm.
|