255
Yonilg‘i aralashmasini qizdirish yonilg‘ini batamom bug‘lash uchun zarur,
aks holda u tomchi holiga keladi va yonilg‘i aralashmasi silindrlarda yaxshi
yonmaydi va natijada dvigatel to‘la quvvat bilan ishlamaydi, yonilg‘i
aralashmasini qizdirish maqsadida kiritish quvurlarining karburatorga yaqin
joylashgan qismining chiqarish quvuri bilan tutashtiriladigan maxsus g‘ilofi bor.
Dvigatel silindrlarida ishlatilgan gazlar shu g‘ilofga o‘tib, kiritish quvuri
devorlarini va yonuvchi aralashmasini keragicha qizdiradi.
Gaz chiqarish tarmog‘i.
Avtomobil dvigatelining gaz chiqarish tarmog‘i
chiqarish quvuri va so‘ndirgich (glushitel) dan iborat. Chiqarish quvurining bir
tomoni chiqarish klapanlarining kanallari, ikkinchi tomoni esa qabul quvuri orqali
so‘ndirgich bilan birlashgan.
So‘ndirgich.
Dvigatel silindrlaridan ishlatilgan gazlar katta tezlikda
shiddat bilan harakatlanib, alanga va uchkun aralash shovkin, hamda shitob bilan
tashqariga chiqadi. Bu kamchilikni kamaytirsh uchun chiqarish quvuriga qabul
qilgich quvurchasi va so‘ndirgich o‘rnatilgan. Yengil avtomobillarga asosiy
so‘ndirgichdan oldin ishlatilgan gazlarni kengaytiruvchi birlamchi so‘ndirgich
qo‘yiladi. Bunday qo‘shimcha so‘ndirgich yordamida kengaytirilgan gazlar soviydi
va ularning jamg‘arilgan energiyasi birmuncha kamayadi.
Tayanch iboralar:
karburator, karbyuratsiyalanish, xavo ortiqlik
koeffitsiyenti, yonilg‘i aralashmasi, jiklyor, ekonostat, ekonomayzer,
tezlatish nasosi, diffuzor, drossel-zaslonka, qalkovich, benzobak,
filtr-tindirgich, benzonasos, xavo filtri, kiritish quvuri, chiqarish,
quvuri,so‘ndirgich.