-mavzu: Suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

18-mavzu:
Suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli 
qurilmalarning umumiy tuzilishi, ishlashi. 
Reja: 
1.Suyuq gazda ishlaydigan gaz balonli qurilmalarning umumiy tuzilishi. 
2.Siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli qurilmalarning umumiy tuzilishi. 
3. Suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli qurilmalarning ishlashi
 
Avtomobil dvigatellarida suyultirilgan yoki siqilgan gazsimon yonilqi 
ishlatiladi. Gaz ballonli avtomobillarda ishlatiladigan gazsimon yonilqi tabiiy yoki 
sun'iy yonuvchi gazlar bo‘lib, ular suyultirilgan neft gazi (SNG), siqilgan tabiiy 
gaz (STG) bo‘lishi mumkin. SNG da ishlovchi avtomobil dvigatellari keng 
tarqalgan. 
Maqbul xaroratda bosimi 1,6 MPa (16 kgk/sm2 ) ga yetguncha gazsimon 
holdan suyuq holatga o‘tuvchi gazlarga 
suyultirilgan neft gazlari 
deb ataladi. 
Demak, bunday gazlar yopiq idish va ballonlarda suyuq holatda bo‘ladi. 
STG lar siqilgan gaz ballonli deb ataluvchi yuk avtomobillarida yonilg‘i 
sifatida ishlatiladi. STG deb, suyuqlik holatiga o‘tish xarorati past bo‘lgan gazlarga 
aytiladi. Ular maqbul xaroratda bosimi siqilib, 20 MPa (200 kgk/sm2 ) ga 
yetguncha ham gazsimon xolatni saqlab turadi. Gaz bilan ishlovchi dvigatellarning 
ish sikli karburatorli dvigatellarning ishlash uslubiga o‘xshash bo‘lsa-da, asbob va 
uskunalarining tuzilishi bilan farq qiladi. 
Suyultirilgan gazda turli ZIL-432810, GAZ-53-07 yuk avtomobillari va 
LAZ-695P, LiAZ-677G avtobuslar bir-biriga o‘xshash gaz ballonli ta’minlash 
tarmog‘i bo‘yicha ishlaydi. Bunday gaz ballonli uskunalashgan chizma rasmda 
tasvirlangan. Avtomobil kuzovi ostiga 250 l sig‘imli gaz balloni 5 o‘rnatilgan. Gaz 
olish uchun ballonga ikkita naycha ulangan, har bir naychada sarflash ventillari 16 
va 17 bor. Ulardan biri suyuqlik satxidan yuqoriroq o‘rnatilgan bo‘lib, undan 
dvigatelni yurgizib yuborish va qizdirish vaqtida gaz bug‘lari beriladi, ikkinchisi 
esa suyuqlikning pastki satxida o‘rnatilgan. Ballondan chiqadigan gaz 
bug‘latgichga tushib, u yerda batamom bug‘lanadi, so‘ngra filtr 9 va bug‘larning 
bosimini pasaytiruvchi reduktor 10 dan o‘tib, mezonlagich 11 ga, keyin 


261 
aralashtirgichga tushadi. Xosil bo‘lgan yonuvchi gaz-xavo aralashmasi kiritish 
naychasi bo‘linmasiga kiradi. 
Gaz reduktori 10 dozator bilan bitta qutida jihozlangan bo‘lib, ularga gazni 
kiritish va chiqarish naychalari ulangan. 
ZIL va GAZ avtomobillarida qo‘llaniladigan gaz ballonli uskunalarining 
umumiy tuzilishi bir-biriga uxshash. Rasmda ZIL-431610 belgili yuk 
avtomobilining yuqori bosimli universal gaz ballonli uskunasi tasvirlangan. Bunda 
8 ta ballon ikki guruxga bo‘lingan holda to‘rttadan qilinib, avtomobil saxniga 
o‘rnatilgan bo‘lib, ular bir-birlari bilan naychalar yordamida ketma-ket ulangan. 
Har bir guruh ballonlarda berkitiluvchi ventillar 7 va 9 mo‘ljallangan bo‘lib, ular 
taqsimlash krestovinasi 10 bilan naychalar yordamida tutashgan. Krestovina 10 da 
to‘ldirgich 8 va sarflash ventillari 11 bor. Siqilgan gaz krestovina 10 dan sarflash 
ventili 11 orqali yuqori bosim reduktori 4 ga boradi. Ventil 11 da metall sopolli 
filtr joylashgan. Ikkinchi almashtiriladigan metall sopolli filtr yuqori bosim 
reduktori 4 da qrnatilgan.
Yuqori bosimli reduktorni muzlab kolish xavfidan saqlash uchun, u 
avtomobil kapotining tag bo‘shlig‘iga joylashtirilgan. Qish sharoitida reduktor 4 
dvigatelning sovitish tizimida aylanadigan suv bilan qo‘shimcha qizdiriladi.
Reduktorning yukori bosim bo‘shlig‘ida gazning bosimi 0,9-1,2 Mpa (9,0-
12,0 kgk/sm2 ) gacha pasayadi. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish