264
Atmosferani zaxarlanishini kamaytirishda avtomobillarni kundalik
texnik nazorat qilish katta axamiyatga egadir. Texnik soz, yaxshi rostlangan
dvigatellarning ishlatilgan gazlarida uglerod oksidi me'yoriy mikdoridan oshmaydi.
Bu yerda ayniqsa dvigatellarni ta’minlash tizimi elementlarini texnikaviy sozligi
muxim axamiyat kasb etadi. Avtomobillarni texnik xolatini bashorat qilishda
zamonaviy tekshirish asbob-uskunalari bilan jihozlangan diagnostika stansiyalarini
muntazam ishlashini ta’minlash lozim.
Ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaxarli moddalarni me'yori va aniqlash
uslublari borasida davlat va tarmoq standartlari joriy etilgan. Atrof muxitni
muxofaza qilish qonuni amalda.
Ishlatilgan gazlardagi zaxarli moddalarni kamaytirish borasida davlat
miqyosida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- tejamli avtomobillarni yaratish. Bu yerda jaxon andozalariga javob
beruvchi «TIKO», «DAMAS» va elektron yonilg‘i purkash tizimli «NEKSIYA»
avtomobillarini, TAYI da yaratilayotgan aerodinamikasi afzal «SANO» yengil
avtomobilini misol qilish mumkin;
- avtomobillarni dizel dvigatellariga o‘tkazish. TAYI olimlarini GAZ-53A
va ZIL-130 rusumli karburator dvigatelli avtomobillarni dizel dvigatellariga
o‘tkazishi taxsinga sazovordir;
- ichki yonuv dvigatellarini takomillashtirish.
«Dvigatellar va ekologiya» kafedrasida dvigatel konstruksiyasiga keramika
elementlarini kiritish ustida olib borilayotgan ilmiy izlanish nixoyasiga yetib qoldi.
Dvigatellarni gaz bilan ishlashga o‘tkazish va boshqalar misol bo‘la oladi:
- kamtoksik qo‘shimcha (prisadka) larni qo‘llash va x.k.