268
20-mavzu: Elektr tok manbai vazifasi, tuzilishi
Reja:
1.
Elektr tok manbai vazifasi.
2.
Akumlyator batareyasi haqida umumiy ma’lumot.
3.
Generatorning tuzilishi
Dvigatelni starter yordamida ishga tushirish
uchun va generator
ishlamaganda yoki uning quvvati yetarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha tok
iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash
vazifasini akkumulator
batareyasi bajaradi. Akkumulator elektr tokining kimyoviy manbai bo‘lib, u
tashqaridan elektr toki berilganda kiyomviy energiyani yig‘ish (zaradlanish) va uni
elektr energiya ko‘rinishida tashqi iste'molchilarga uzatish (razradlanish)
qobiliyatiga ega bo‘lgan moslamadir. Energiyani bir ko‘rinishdan ikkinchi
ko‘rinishga o‘tish jarayoni akkumulatorning butun ishlash davrida uzluksiz davom
etib turadi.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida starter juda
qisqa vaqt ichida katta
miqdorda, 250 A dan 1000 A gacha tok iste'mol qiladi. Shuning uchun,
avtomobillarga o‘rnatiladigan akkumulatorlarning ichki
qarshiligi imkon boricha
kichik, katta razrad toklariga chidamli bo‘lishi kerak. Tuzilishi katta razrad toki
berishga moslashtirilgan
akkumulator batareyasi -