plastinalarni shakllanishi
deb ataladi.
Plastinalarni shakllanish jarayoni natijasida, musbat plastinadagi aktiv
massa och jigar rang qo‘rg‘oshin oksidiga PbO
2
, manfiy plastinadagi - kul rangli
g‘ovak qo‘rg‘oshin Pb ga aylanadi. Tayyor plastinalar baretka 4 yordamida manfiy
va musbat yarim bloklariga biriktiriladi. Baretki - born va plastinalarning
270
quloqchalari kavsharlanadigan ko‘prikcha 6 dan tashkil topgan. Yarim bloklardagi
plastinalar soni, akkumulator batareyasining nominal sig‘imini belgi-laydigan
omillardan biri hisoblanadi . Musbat plastinalar deformatsiyaga moyilligi katta
bo‘lganligi sababli, ularni manfiy plastinalar orasiga joylashtiriladi. Shuning
uchun, aksariyat holda manfiy plastinalarning soni bittaga ko‘p bo‘ladi. har xil
qutbli plastinalarning o‘zaro qisqa tutashuvini oldini olish maqsadida ularning
orasiga separatorlar ( 1 ) o‘rnatiladi.
Separatorlar kislotaga chidamli, izolatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan g‘ovak
materiallardan tayyorlanadi. Xususan, mikrog‘ovakli plastmassalar (miplast,
porovinil, porving, vinipor) mikrog‘ovakli ebonit (mipor), oyna namati kabi
materiallar separatorlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Mipordan tayyorlangan
separatorlar o‘zining o‘ta g‘ovakligi, elektr qarshiligi kamligi bilan boshqa
materiallardan tayyorlangan separatorlardan ustun turadi. Miporli separatorlar
akkumulator batareyasining ishlash muddatini oshirish imkonini berdi. Lekin,
mipor tabiiy kauchukdan olinganligi sababli, undan tayyorlangan separatorlar
nisbatan qimmatroq bo‘ladi.
Miplastdan tayyorlangan separatorlar elektrolitni o‘ziga juda tez singdirib
oladi, ularning mexanik mustahkamligi, kimyoviy chidamliligi yetarli darajada
bo‘ladi. Lekin, miplastdan tayyorlangan separatorlarning g‘ovakligi nisbatan past
va ularda tok o‘tkazuvchan o‘simtalar hosil bo‘lish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.
Shuning uchun, separatorlari miplastdan tayyorlangan akkumulatorlarning ishlash
muddati birmuncha kamroq bo‘ladi.
Separatorlar, to‘rtburchakli plastina ko‘rinishida bo‘lib, elektrolit o‘tishini
yengillashtirish uchun, musbat plastinaga qaratilgan tomoni qovurg‘ali qilib
tayyorlanadi. Separatorlar plastinalarga nisbatan eniga 3-5 mm ga, bo‘yiga 9-10
mm ga kattaroq bo‘ladi. Bu, plastinalar orasida tok o‘tkazuvchan o‘simtalar hosil
bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Ba’zida, og‘ir sharoitda ishlaydigan avtomobillar
uchun, qo‘sh separatorli akkumulatorlar o‘rnatiladi. Qo‘sh separatorlarning
tuzilishi quyida-gicha bo‘ladi: miplast yoki mipordan tayyorlangan separatorning
qovurg‘ali tomoniga shisha paxtadan tayyorlangan yupqa namat joylashtiriladi.
Shisha namat musbat plastinaga yopishib turadi va uning aktiv massasi tebranish,
titrash ta’sirida sirg‘alib to‘qilib ketishidan ancha saqlaydi.
Akkumulator batareyasi qobig‘ining bo‘linmalariga, bloklarga yig‘ilgan
elektrod va separatorlar joylashtiriladi. Qarama-qarshi qutbli yarim bloklarning har
biri, qobiq tubida, o‘z qovurg‘asiga tayanganligi sababli, cho‘kmalar orqali
plastinalar orasida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan qisqa tutashuv istisno qilinadi.
Elektrolit sathini yoki zichligini o‘lchash jarayonida plastinalar hamda
separatorlarning yuqori qismini yemirilishdan saqlash maqsa-dida, ular ustiga
kislotaga chidamli plastmassadan tayyorlangan g‘alvirsimon saqlovchi to‘siq 5
o‘rnatiladi.
Ebonit yoki plastmassadan tayyorlangan qopqoq akkumulatorning alohida
bo‘linmalarini yoki qobiq ustini to‘la yopadigan qilib tayyorlanishi mumkin. har
bir akkumulator alohida qopqoq 7 bilan yopilganda uning atrofi kislotaga chidamli
maxsus mastika yordamida zichlashtiriladi. Plastmassadan tayyorlanadigan
271
umumiy qopqoqlar akkumulator qobig‘iga kavsharlanadi yoki maxsus yelim
yordamida yopishtiriladi.
Alohida qopqoqning uchta doirasimon tuynugi bo‘lib, ikkita chekkasidagi
plastina yarimbloklarining qutb quloqchalarini chiqarish uchun mo‘ljallangan
bo‘lsa, o‘rtadagi rezbali tuynuk akkumulatorga elektrolit, distillangan suv quyish
va elektrolit sathini va zichligini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Plastina
yarimbloklarining qutb quloqchalarini yoki bornni kavsharlash va tegishli germetik
zichlikni ta’minlash maqsadida qopqoqning ikki chekkadagi tuynugiga qo‘rg‘oshin
halqalar joylashtiriladi.
Akkumulatorlarning rezbali tiqinlari ebonitdan yoki plastmassadan (polieti-
len, polistirol, fenolit va hokazo) tayyorlanadi. Ish jarayonida akkumulator ichida
hosil bo‘ladigan gazlar chiqishi uchun tiqinlarda maxsus shamollatish tuynugi
o‘yiladi. Avtomobil harakatlanganda elektrolit chayqalib to‘qilmasligi uchun
tiqinning pastki qismida to‘siq o‘rnatiladi. Akkumulator qopqog‘i bilan tiqin
orasidagi zichlik rezina halqa yoki ba’zida konussimon qirra yordamida ta’min-
lanadi.
Yangi, elektrolit quyilmagan akkumulatorlarda elektrodlar oksidlanib
qolishini oldini olish uchun tiqinlar tagi rezina lappak bilan zichlashtiriladi yoki
shamollatish tuynugi yopishqoq lenta bilan yelimlanib qo‘yiladi. Ko‘pchilik yangi
akkumulatorlarning plastmassa tiqinlarining shamollatish tuynugi plastmassa
quyilmasi bilan yopilgan bo‘ladi. Akkumulatorni ishga tushirishdan oldin ushbu
plastmassa quyilma qirqib tashlanishi va shamollatish, tuynugi ochib qo‘yilishi
zarur.
Akkumulator batareyasining qopqog‘i umumiy bo‘lganda, unga bir yo‘la
bir nechta elektrolit quyish tuynuklarini yopadigan tiqinlar bloki o‘rnatiladi.
Tiqinlar bloki plastmassa taxtacha shaklida yasalib, unga kerakli miqdorda
rezbasiz tiqinlar joylashtiriladi. Akkumulator elementlari, turli tuzilishga ega
bo‘lgan elementlararo ulagichlar yordamida batareyaga birlashtiriladi. Qopqoqlari
alohida bo‘lgan akkumulatorlarda ulagichlar tashqaridan o‘tadi. Umumiy qopqoqli
akkumulatorlarda ulagichlar elementlararo to‘siq-lar ustidan yoki bevosita to‘siq
orqali o‘tkaziladi. Bu ko‘rinishdagi, ya’ni kaltalashtiril-gan elementlararo
ulagichlar, akkumulatorlarning ichki qarshiligini kamaytirish, qo‘rg‘oshin sarfi-ni
va, demak, akkumulator batareyasining umumiy vaznini ozaytirish imkonini
beradi
Oddiy
qo‘rg‘oshin-kislotali
akkumulator
batareyalariga
xos
kamchiliklarning (elektrolit sathining tez kamayib ketishi, musbat qutbli
plastinalarning tez yemirilishi, o‘z-o‘zidan razrad bo‘lishi va hokazo)
272
Turli xil akkumulyatorlarda elektrolit sathi-ning kamayishi ( H,%).
ko‘pchiligi plastina panjaralari tarkibida 7-8% surma borligidan kelib
chiqadi. Surma elektrolit tarkibidagi suv elektroliz bo‘lishiga katalizator sifatida
ta’sir qiladi. Suv vodorod va kislorodga parchalanish potensialini generatorning
ishchi kuchlanishlari darajasigacha pasaytirib, surma akkumulatordan gazlar ajralib
chiqishni tezlatadi. Natijada, akkumulatordagi elektrolit sathi nisbatan tez
pasayadi, ajralib chiqayotgan gazlar musbat plastina panjaralari, qutb quloqlari va
avtomobillarning metall qismlari korroziyalanishiga olib keladi.
Oddiy akkumulator batareyalarining yuqorida keltirilgan kamchiliklarini
bartaraf qilish maqsadida "xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulatorlar ishlab
chiqildi. "Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulatorni ishlab chiqishdagi izlanishlar
asosan gaz ajralib chiqishini tezlatuvchi plastinalar tarkibidagi surmani butunlay
istisno qilishga yoki miqdorini kamaytirishga yo‘naltirildi. Ilmiy tadqiqotlarning
natijalari, plastina panjaralari qo‘rg‘oshin-kalsiy-qalay qotishmasidan tayyorlansa,
akkumulatordan ajralib chiqayotgan gaz miqdori juda kam bo‘lishini ko‘rsatdi.
hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan "
|