Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

xizmat ko‘rsatilmaydigan

turdagi akkumulator batareyalarda manfiy plastina panjaralari qo‘rg‘oshindan 
quyilib unga 0,06-0,09% atrofida kalsiy va 0,1-1,0% gacha qalay qo‘shiladi. 
Musbat plastinalarning panjarasi esa qo‘rg‘oshin, 1,25% surma va 1,5% 
kadmiydan tashkil topgan. 
Plastina panjaralarini qo‘rg‘oshin-kalsiy-qalay qotishmasidan tayyorlash
akkumulator ishlab chiqarish jarayonini to‘la o‘zgartirishni taqozo qiladi. Shuning 
uchun, akkumulatorlarni ishlab chiqarishdagi yo‘lga qo‘yilgan texnologik 
jarayonni saqlab qolish bilan bir vaqtda uning xususiyatlarini yaxshilash 
maqsadida, plastina panjaralari tarkibidagi surma miqdori 2,0-2,5% gacha 
kamaytirilib, panjaralarni mustahkamligini oshirishga mo‘ljallangan legirlovchi 
qo‘shimchalar (mis, oltin-go‘girt, selen, qalay) qo‘shish bilan cheklaniladi. Bu 
usulda tayyorlangan akkumulatorlar "
kam xizmat ko‘rsatiladigan
" akkumulator 
deb yuritiladi va ularda gaz ajralib chiqishi, odatdagi akkumulatorlarga nisbatan bir 
necha barobar kam bo‘ladi. 
18-rasmda 
oddiy, 
"kam 
xizmat 
ko‘rsatiladigan" 
va 
"xizmat 
ko‘rsatilmaydigan" akkumulatorlarda ma’lum vaqt davomidagi (t,soat) ish 
jarayonida elektrolit sathining ( N,% da ) kamayishi yoki elektrolit tarkibidagi 
suvning 

porlash" tezligi ko‘rsatilgan. 
"Xizmat ko‘rsatilmaydigan" akkumulatorlarning ba’zi turlari elektrolit 
quyiladigan tuynuksiz, umumiy qopqog‘i germetik yopilgan holda tayyorlangan 


273
bo‘ladi. Bu akkumulatorlarning razradlanganlik darajasini elektrolit zichligi orqali 
aniqlash imkoniyati yo‘q. Shuning uchun, bunday akkumulatorlarning qopqog‘ida 
maxsus 
razradlanganlik 
ko‘rsatkichi 
o‘rnatiladi. 
Akkumulatorning 
razradsizlanganlik darajasi belgilangan miqdordan kamayganda ko‘rsatkichning 
rangi o‘zgaradi. 
"Xizmat 
ko‘rsatilmaydigan" 
va 
"kam 
xizmat 
ko‘rsatiladigan" 
akkumulatorlarda separatorlarning yangi turi - "separator-konvert" o‘rnatilmokda 
Bu separatorlar konvert ko‘rinishida tayyorlanib, ikki yoni va ostki qismi 
kavsharlangan bo‘ladi. Separator-konvertga akkumulatorning musbat qutbli 
plastinasi joylashtiriladi. Bu ko‘rinishdagi separatorlarni qo‘llash, elektrodlarning 
aktiv massasidan to‘qi-ladigan cho‘kmalar orqali plastinalar orasida qisqa tutashuv 
bo‘lishini istisno qiladi. Natijada, akkumulator yaxlit qobig‘ining tubidagi 
qovurg‘alarga ehtiyoj yo‘qoladi. Separator-konvertlar ishlatilishi, plastina 
bloklarini bevosita akkumulator qobig‘ining tubiga joylashtirish va shuni hisobiga 
qobiq balandligini o‘zgartirmasdan plastinalar yuzasini hamda akkumulatorga 
quyiladigan elektrolit miqdorini oshirish imkonini beradi.Bu esa, o‘z navbatida, 
akkumulator batareyasining sig‘imi ortishiga olib keladi. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish