Plunjer-rolikli erkin yurish muftasi.
Plunjer-rolikli muftalarda shlitsali vtulka 1 ga yetakchi halqa 4 qotirib
mahkamlangan. Yetakchi halqada to‘rta ponasimon ariqchalar bo‘lib ularga
roliklar 3 o‘rnatilgan. Prujina 10 va plunjer 9 roliklarni ariqchalarning tor qismiga
siqib turadi. Shesternya 8 yetaklanuvchi halqa 7 bilan butun qilib yasalgan.
Prujinalar surilib ketmasligi va bosim kuchlanishini barqarorligini ta’minlash
289
uchun ular maxsus tirgaklar 11 ga o‘rnatilgan. Tirkalish shaybalari 5 va 6
roliklarning o‘q bo‘ylab siljishini cheklaydi. Mufta yupqa metall qobiq 2 bilan
qoplangan. Mexanik mustahkamligini va yeyilishga chidamliligini oshirish
maqsadida yuritma shesternyasi va mufta halqalari kuchli legirlangan po‘latlardan
tayyorlanadi.
Tortish relesining yakori bilan bog‘langan pishang yordamida yuritma
shesternyasi maxovikning tishli gardishiga to‘la ilashganda va starter
chulg‘amlariga tok ulanib, u ishga tushganda aylantiruvchi moment yetakchi halqa
4 va yetaklanuvchi halqa 7 orasidagi ponasimon ariqchaning tor joyiga plunjer 9 va
prujina 10 ta’sirida siqilgan rolik orqali yuritma shesternyasiga uzatiladi. Dvigatel
ishga tushgandan keyin, maxovikning tishli gardishi yuritma shesternyasini
startyorga nisbatan tezroq aylantiradi. Natijada, yetaklanuvchi halqa 7 yetakchi
halqa 4 dan o‘zib ketadi va roliklar ponasimon ariqchaning keng joyiga chiqib
ikkita halqani bir-biridan, va demak, startyorning yakor valini shesternya-maxovik
tishli juftdan ajratib yuboradi. Shu tarzda harakatni teskari tomonga, ya’ni
dvigateldan startyor valiga uzatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va markazdan qochma
kuch ta’sirida yakor chulg‘amlari va kollektor sochilib ketishdan saqlab qolinadi.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startyor elementlari quyidagicha
ishlaydi (27-rasmga qarang). Tortish relesi chulg‘amlari 3 magnit maydoni
ta’sirida uning yakori 4 tortilib pishang 7 va u bilan bog‘langan yetaklash muftasi
14 ni harakatga keltiradi. Bunda yuritma shesternyasi 11 ham shlisa bo‘ylab
harakatlanib, maxovikning tishli gardishi bilan ilashadi. Tortish relesining
qo‘zg‘aluvchi kontakti "akkumulator batareyasi - starter chulg‘amlari" elektr
zanjirini ulaydi va yakor aylana boshlaydi. Agar, shesternyaning tishi maxovik
gardishining tishlariga to‘g‘ri kelmasdan, ilashish sodir bo‘lmasa, ya’ni shesternya
maxovik gardishiga "tiralib" qolsa, pishang -7, yetaklash mufta 14 orqali prujina
13 ni siqib harakatni davom ettiraveradi. Tortish relesining asosiy kontaktlari 1
ulanib, yakor aylana boshlagandan keyin shesternya ham buralib, uning tishlari
maxovik gardishi tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri kelishi bilan prujina 13 ning
bosim kuchi ta’sirida ilashish sodir bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlangandek, quvvati 5-6 kVt dan yuqori bo‘lgan
startyorlarda rolikli muftalar ishonchli ishlamaydi. Shu sababli ular uchun maxsus
tuzilishga ega bo‘lgan yuritma mexanizmlari ishlab chiqilgan. 29-rasmda dizel
dvigatellari (YAMZ-740, KamAZ) uchun mo‘ljallangan ST-142 belgili
starterlarning xrapovikli erkin yurish muftasi ko‘rsatilgan.
|