303
26-mavzu: Uzatmalar qutisining vazifasi va turlari.
Reja:
1.Uzatmalar qutisining vazifasi va turlari.
2.Tishli pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasi, tuzilishi, ishlashi.
3.Uzatmalar soni to‘g‘risida
tushuncha
Vazifasi:
>
uzatishlar sonini kopaytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan avtomobil
harakat tezligini va yetaklovchi g‘ildiraklardagi tortish kuchini miqdorini o
‘zgartirish;
>
dvigateldan kelayotgan burovchi momentni yo ‘nalishini o ‘zgartirish
(avtomobilni orqagayurishini ta’minlash);
>
dvigatel tirsakli valini yetakchi g‘ildiraklardan uzoq muddatga ajratib
qo‘yishni ta’minlaydi.
Uzatmalar qutisining uzatishlar soni uning yetakchi va yetaklanuvchi
vallarining
aylanish
chastotalarining
nisbatiga
teng.
Uzatishlar
sonini
o‘zgartirishning zarurligi, yo‘l sharoitiga bog‘liq bo‘lgan
avtomobil harakatiga
qarshilik kuchlari keng diapazonda o‘zgaradi, porshenli dvigatelning burovchi
momenti esa, eng yuqori yonilg‘i uzatilganda, bor-yo‘g‘i 10-30% ga o‘zgarishi
mumkin. Avtomobil joyidan o‘zalishida tez-tezlanish olish uchun va harakatiga
sezilarli qarshilik kuchlarini yengish uchun, masalan to‘liq
yuk bilan yuqoriga
harakat qilganda, dvigatelning maksimal momentiga to‘g‘ri keladigan qiymatga
qaraganda tortish kuchi bir necha bor katta bo‘lishi kerak. Tortish kuchini bunday
kupaytirishni uzatishlar soninini o‘zgartirish bilan ta’minlanadi.
Uzatmalar qutisining turlari: Uzatishlar sonini o‘zgartirish tavsifiga binoan
uzatmalar qutisining pog‘onali, pog‘onasiz va aralash turlarga bo‘linadi. Yetakchi
va yetaklanuvchi vallar orasidagi bog‘lanish tavsifiga asosan uzatmalar qutisi
mexanik, gidravlik,
elektrik, aralash, boshqarish usuli bo‘yicha esa avtomatik va
avtomatik bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi oldinga
yurishdagi uzatishlar soni bo‘yicha farqlanadi (4 pog‘onali, 5 pog‘onali va h.k.).
304
Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi. Tishli mexanizmli pog‘onali mexanik
uzatmalar qutisi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Bunday uzatmalar qutisidagi
o‘zgartirilayotgan uzatishlar soni, odatda 4-5, ba’zida esa 8 va undan ko‘p
qiymatga ega. Uzatishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa,
dvigatel quvvatidan
shunchalik yaxshi foydalaniladi va yonilg‘i tejamkorligi ham ortadi, biroq bunda
uzatmalar qutisining konstruksiyasi murakkablashadi, vazni og‘irlashadi,
o‘lchamlari oshadi va mavjud harakat sharoitlari uchun optimal bo‘lgan
uzatmalarni tanlash qiyinlashadi (46-rasm).
Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mexanizmlari odatda
silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zalmas geometrik o‘qli
yoki planetar
qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning kichigini-shesternya,
kattasini-g‘ildirak deb ataladi (47-rasm).