Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

nr
\
VJ 
44-rasm. Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi: 


296
Mehanik (pog‘onali) kuch uzatmaning ko‘p tarqalgan tizimlari 1-rasm, a, b, 
v larda ko‘rsatilgan. Agarda avtomobil' takomillashgan yo‘l sharoitida 
harakatlanishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, odatda, dvigatelning burovchi momenti, 
etakchi bo‘lib hisoblangan ketingi yoki oldingi etakchi ko‘prikning yarim o‘qlari 
orqali ularning g‘ildiraklariga uzatiladi. Burovchi moment ketingi etakchi 
g‘ildiraklarga uzatilganda oldingi g‘ildiraklari, boshqariluvchi vazifasini o‘taydi. 
(rasmda a, b). Mabodo burovchi moment oldingi etakchi ko‘prik yarim o‘qlari 
orqali uning g‘ildiraklariga uzatilsa unda old ko‘prik, ham etakchi va 
boshqariluvchi bo‘lib hizmat qiladi (rasmda v ). Bunday avtomobillar kuch 
uzatmasining shartli g‘ildiraklar belgisi 4H2 bo‘lib, to‘rtta g‘ildirakdan faqat 
ikkitasi etakchi ekanligini bildiradi, rasmning a) ko‘rinishida DAMAS, VAZ-2101 
«Jiguli», GAZ-24 «Volga», GAZ-53 A, ZIL-130, MAZ-5335 avtomobillarga 
taalluqli kuch uzatmalarning tizim chizmasi tasvirlangan. Bunda burovchi moment 
dvigatel' 1 dan ilashish muftasi 2 orqali, uzatmalar qutisi 3 ga o‘tadi. Uzatmalar 
qutisida, burovchi momentning kattaligi yo‘l sharoitiga bog‘lik holda kerakligicha 
o‘zgartiriladi. Keyinchalik kardanli uzatma 4 yordamida ketingi etakchi ko‘prik 5 
ning ichida joilashgan asosiy uzatma, burovchi momentni yanada kuchaitirgan 
holda differencial mehanizm va yarim o‘qlar orqali etakchi g‘ildiraklarga etkazib 
beradi. 


297
Avtomobil' transmissiyalariniyng sxemasi 
Rasmni b) ko‘rinishida ZAZ-968 «Zaporojec» kuch uzatmasining tizmali 
chizmasi berilgan. Bunda kuch uzatma avtomobilning orqa qismida dvigatel' 1 
bilan birga bir blokda joylangan bo‘lib, ularga ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 
3, etakchi ko‘prik 5 ning ichida joilashgan asosiy uzatma, differencial mehanizmi 
va yarim o‘qlar kiradi. 
Rasmning v) ko‘rinishi TIKO, NEKSIYA, VAZ-2108, 2109 «Jiguli» 
yoki Moskvich-2141 zamonaviy engil avtomobillarga mansub bo‘lib, bunda esa 
avtomobilning old qismida o‘rnatilgan dvigatel' kuch uzatma bilan bir butun qilib 
yig‘ilgan holda joylashtirilgan. 
Hozirgi paitda, aralashgan, ya’ni gidromehanikli uzatmalar qutisiga ega 
bo‘lgan kuch uzatmali avtomobillar keng qo‘llanilmoqda. Bunday kuch uzatmalar 
tarkibiga, albatta gidromehanik va pog‘onali mehanik uzatmalar qutisi kiradi. 
Bunda ilashish muftasi 2 (rasmda a) o‘rniga gidrotransformator qo‘yilgan bo‘lib, 
undan o‘tayotgan burovchi moment pog‘onali mehanik uzatmalar qutisida friksion 
mehanizmlarning o‘z-o‘zidan qo‘shilishi tufaili burovchi moment o‘zgartirilib 
beriladi. Bundai aralashgan (gidromehanik) tizimga ega bo‘lgan avtomobillar 
turkumiga ZIL-111, ZIL-114 engil avtomobili, BelAZ-540 yuk avtomobili yoki 
LiAZ-677 avtobuslari kiradi. Gidromehanik kuch uzatmali engil avtomobillar 
G‘arbiy Evropa va Yaponiya avtomobil' firmalarida ishlab chiqarilaetgan nafaqat 
katta va o‘rta litrajli, balki litraji 1000 sm3 dan ortiq bo‘lmagan kichik litrajli engil 
avtomobillarda ham qo‘llanilmoqda. Masalan, «Ostin-mini», «Daihotsu-sharadu», 
«Nissan-Mikuru» va «Suzuki Svift». 

Download 19,16 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish