313
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi:
>
burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar (49-rasm),
>
burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar (50-rasm).
Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida
kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin.
Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning oraliq
tayanchlaridan tashkil topgan. Kardan sharniri deb, sharnirli bo‘g‘inga aytilib,
uning yordamida aylanma harakatni (burovchi momentni) bir valdan ikkinchi
valga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar
ishlatiladi. Bikr kardanli sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni
biriktiruvchi krestovina- lardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan.
Vilkalar bir-biriga nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin.