Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

7-asosiy uzatma ‘g‘ilofi. 


315
Asosiy uzatma tishli g‘ildiraklarining yetakchisi kichik diametrli 
yetaklanuvchisi esa, katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim o‘qlarning 
aylanishlar chastotasi (uzatish soniga qarab) kardan valning aylanishlar 
chastotasiga qaraganda kam bo‘ladi. Yarim o‘qlarning va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
yetakchi g‘ildiraklarning aylanishlar chastotasi kardan val aylanishlar chastotasiga 
nisbatan qancha kam bo‘lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Demak, yetakchi g‘ildirak- lardagi burovchi momentning, kardan valnikiga 
nisbatan ortishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy 
uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va tezyurarligiga, 
shuningdek, avtomobilning massasi va qanday ishga mo‘ljallanganligiga bog‘liq 
bo‘lib, u yuk avtomobillarida 6,5...9,0; yengil avtomobillarda esa 3,5...5,5 
oralig‘ida bo‘ladi (52-rasm). 
Asosiy uzatmalar, ilashishdagi tishli g‘ildiraklarning soniga qarab yakka 
yoki qo‘shaloq bo‘lishi mumkin. 
Yakka uzatma bir juft tishli g‘iddirakdan, ko‘shaloq uzatma esa ikki juft 
tishli g‘ildiraklardan iborat. Yakka uzatmalar o‘z navbatida silindrik, konussimon, 
gipoidli yoki chervyakli bo‘lishi mumkin Qo‘shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft 
konussimon va bir juft silindrik tishli g‘ildiraklardan tashkil topib, ular o‘z 
navbatida ko‘prik o‘rtasida yaxlit joylashgan markaziy uzatma yoki ikki qismga 
bo‘lingan, ajratilgan uzatma bo‘lishi mumkin. Yakka uzatmalar ko‘pincha yengil 
yoki o‘rta yuk avtomobillarida qo‘llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko‘prigi 
orqada joylashgan kompanovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar 
ishlatiladi. Kompanovkasi old yuritmali bo‘lgan yengil avtomobillarda (Neksiya, 
Tiko, MATIZ, VAZ-2108, VAZ-2109) silindrik uzatmalar qo‘llanilmoqda. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish