333
bo‘ylama tekisliklarda og‘ish burchaklari ham kiradi. Ularning mavjudligi
g‘ildiraklarning
stabillanish
momentlarini
hosil
qilib,
avtomobilning
boshqariluvchanligini yaxshilaydi.
Bu burchaklar rostlanmaydi, osmaning
konstrutsiyasi hisobiga ta’minlanadi va har xil avtomobillar uchun 4
0
-8
0
ni tashkil
etadi.
NEKSIYA avtomobilining old osmasi richag-teleskopik bo‘lib elastik qism
sifatida prujina ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson) tipidagi osmalar turiga
kiradi.
Osma pastki richaglar, amortizatorli teleskopik ustun, prujina, yukorigi
tayanch va stabilizatordan iborat.
Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan.
Teleskopik ustunning
yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo‘lib, oldingi g‘ildirakning burilishini
ta’minlash uchun tirgak podshipnik o‘rnatilgan. Teleskopik tayanchni g‘ildirakning
podshipnikli gupchagi ushlab turadi, uning o‘zi esa
pastki richak bilan sharli
barmoq yordamida mahkamlangan.
Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori pastki richaglari ikkita stoyka orqali
mahkamlangan.