Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

58-rasm.
Osmaning prinsipial sxemasi. 


328
yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama) tebranishini so‘ndiradi. 
Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan tasir 
etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini 
ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va 
nomustaqil turlariga bulinadi (59-rasm). 
59-rasm.
Avtomobil osmalari. 
Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan 
bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki 
chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, 
TIKO, NEKSIYAlarning old osmalari misol bo‘la oladi.Nomustaqil osmalarda esa 
chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) 
g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka 
uzatiladi. Yengil avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA 
avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va orqa 
osmalari misol bo‘la oladi. 
G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinemati- kasini 
belgilaydi. Osma kinematikasi uni kuzov (rama)ni avtomobilning bo‘ylama o‘qiga 
nisbatan tebranishini taminlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, 
boshqaruvchanligi, turg‘unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol tasir etadi. 
Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni 
kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, 
ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud. 
Prujinalar yumalok ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindirik va 
bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni qabul 
qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism bilan 
mahkamlanadi. 
Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan iborat. 
Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli, burilishiga 
ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma 
richaglariga mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va kuzovning elastik bog‘lanishi 
torsionning buralishidan hosil bo‘ladi. 
Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko‘p tarqalgan. U har xil 
uzunlikka va egrilikka ega listlarning bulishi, ressora yig‘ilganda listlarning bir-
biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning kamroq yuklanishiga olib keladi, 
hamda listlarni ham ushlab turadi. Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi 
a) nomustaqil osma. 
b) mustaqil osma 


329
ishqalanishni kamaytirish maqsadida grafit so‘riladi. Yengil avtomobillarda esa 
listlar o‘rtasida nometall qistirmalar qo‘yiladi. Ressora asosiy listning uchlari 
ramaga sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi o‘zgarish 
imkoniyatiga ega. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda ressoraga qo‘shimcha 
ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning o‘rnatilish sababi, ressora 
bikrligini yuk o‘zgarishiga mos o‘zgartirish, natijasida avtomobilning yurish 
ravonligini yaxshilashdir. Ressora mustaqil emas, osmalarda ishlatiladi va bir 
vaqtda elastik ham yo‘naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani, uning afzalligi 
hisoblanadi. 
Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo 
hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi. Bu turdagi elastik qismda havo 
bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati 
borligi uning afzalligidir. Balonlar ikki yoki uch seksiyali bo‘lib, uning har bir 
bo‘linmasi bo‘luvchi halqa bilan ajratilgan. Balon bo‘linmalari ikki qavatli rezina 
korddan iboratdir. Bundan tashqari, balonni maxkamlash uchun siquvchi xalqa bor. 
Balonlardagi bosim 0,3- 0,5MPa bo‘lib 2-3 tonna yuk ko‘tarishi mumkin. 
Balonlarning kam- chiligi, faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun 
chidamliligi kamdir. 
Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda qo‘shimcha 
elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi 
bufer sifatida qo‘llaniladi. 
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida 
og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda tebranadi, bu esa 
yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi. 
Stabilizator 
avtomobilning 
ko‘ndalang 
tekislikdagi 
turg‘unligini 
yaxshilaydi. 
Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalariga o‘rnatiladi, 
lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi. Stabilizator P-simon 
shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan yasaladi. Sterjenning o‘rtasida 
rezina tayanch yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun 
bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. 
Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham 
mumkin. 
Orqa osmaning tuzilishi va ishlashi. «Neksiya» avtomobilining orqa osmasi 
(60-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat 
bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, hamda bir- biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan 
biriktirilgan, bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina va amortizator ham bor. 
«Neksiya» avtomobilining orqa osmasi (60-rasm) mustaqil emasdir. Osma 
ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, 
hamda bir-biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan biriktirilgan, bundan tashqari ikkita 
bochkasimon prujina va amortizator ham bor. 
Amortizator va prujinalar ayri joylashgan. Osmaning ko‘ndalang to‘sini 
sharnir yordamida kuzov kronshteyniga mahkamlangan. Osma richaglariga 
avtomobilning ko‘ndalang turgunligini ta’minlash stabili- zatori mahkamlangan. 
Orqa g‘ildirak osmalari ham mustaqil emas, ressorali bo‘lib, so‘ndiruvchi 


330
qismi ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortiza- torlardir. Yuk 
avtomobilyining orqa g‘ildiraklariga to‘g‘ri kelgan yuklamaning o‘zgarishini 
hisobga olib asosiy ressoraga qo‘shimcha ressora biriktirilgan. 
Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik yo‘nalishda tebratadi. 
Tebranishning me’yoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va 
yo‘lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov tebranishini me’yorlash muammosi 
paydo bo‘ladi. 
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so‘ndirgich - 
amortizatordir. 
Amortizatorlar ikki turli, richagli va teleskopik bo‘ladi. Teleskopik 
amortizatorlar o‘z navbatida bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydi- ganlarga 
ajraladi. Richagli amortizatorlar zamonaviy avtomobillarda ishlatilmaydi. 
Ikki tomonlama ishlaydigan amortizator nafaqat kuzov yuqoriga 
harakatlanganda, balki pastga tushayotganda ham uning tebranishini so‘ndiradi. 
Natijada avtomobilning yurish ravonligi yanada yaxshilanadi. 
Amortizator uchta bo‘lakdan, silindr va silindr tagi, shtok va porshen 
hamda yo‘naltiruvchi vtulkalardan iborat (61-rasm). 
Porshenda doira bo‘yicha ikki qator joylangan teshikchalar bo‘lib, yuqori 
qator teshikchalar tepasidan o‘tkazuvchi klapan va uning kuchsiz prujinasi bilan 
berkilib turadi. Pastki qator teshikchalar esa kuchli prujinali qaytish klapani bilan 
berkitilgan. Silindr tagida esa siqish va o‘tkazuvchi klapanlar joylashgan. Ikkinchi 
o‘tkazuvchi klapan ham kuchsiz prujina bilan teshiklarni berkitib turadi. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish