320
gupchagiga flanec, shponka eki shlic erdamida ulanadi. Ichki uchi esa ko‘pchilik
avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan shlic erdamida biriktiriladi.
Avtomobil' harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan
tashqari eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar avtomobilning
etakchi g‘ildiraklariga ta’sir etadigan quiydagi kuchlardan vujudga keladi:
radial
kuch – (avtomobilning og‘irligidan tashkil topgan reakciya kuchi), tortuvchi kuch
– R; endan ta’sir qiluvchi kuch – (avtomobil' burilishida hosil bo‘ladigan kuch).
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga qarab,
eguvchi momentlardan to‘la eki qisman yuksizlantirish mumkin. Avtomobillarda
ishlatiladigani uch hil, ya’ni eguvchi momentlardan yarim yuksizlantirilgan,
qismga yuksizlantirilgan va to‘la yuksizlantirilgan bo‘ladi.
Yarim yuksizlantirilgan yarim o‘qning tashqi
uchi bevosita ketingi
ko‘prik karteridagi podshipnikka o‘rnatilib, unga barcha kuchlar R,P va S dan hosil
bo‘ladigan eguvchi momentlar ta’sir etadi. Bundai yarim o‘qlar engil va kam yuk
ko‘taradigan (UAZ-452) avtomobillarda qo‘llaniladi.
Qismga
yuksizlantirilganda, yarim o‘qning tashqi uchi g‘ildirak gupchagiga mahkamlanib
gupchakning o‘zi yarim o‘q kojuhining ichki io‘nigidagi podshipnikka o‘rnatiladi.
Bunda eguvchi momentning ko‘p qismi podshipnik orqali kojuhga uzatilib, oz
qismi yarim o‘qqa ta’sir etadi. Bu tipdagi yarim o‘qlar M-20, «Pobeda»
avtomobilida qo‘llanilgan.
To‘la yuksizlantirilgan yarim o‘qlarda etakchi g‘ildirakning gupchagi ikkita
podshipnikda yarim o‘q kojuhiga o‘tkaziladi. Bunda R,P
va S kuchlaridan hosil
bo‘lgan eguvchi momentlar yarim o‘qqa ta’sir etmasdan, tug‘ridan-tug‘ri yarim o‘q
kojuhiga uzatiladi. Bundai yarim o‘qlar o‘rta va katta yuk avtomobillarida
qo‘llaniladi.