-rasm. Asosiy uzatma va  differensial:  1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

52-rasm.
Asosiy uzatma va 
differensial: 
1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi 
shesternya;3-yetaklanuvchi shesternya; 
4-yarimo‘q 
shesternyasi; 5-sotolet 
shesternyasi. 


316
Konnussimon asosiy uzatmaning ishlashidagi o‘ziga xos xususiyatlari val 
tayanchlariga o‘zaro perpendikular bo‘lgan uchta yuzada katta kuchlarni ta’sir 
etishidir. Bu kuchlar ta’sirida tishli g‘ildiraklarning vallari o‘qi bo‘ylab siljishga 
intiladi. Bundan tashqari yetakchi tishli g‘ildiraklarning tayanch podshipniklari 
valning bir tomonida joylashganligi, uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi 
kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo‘shimcha dinamik kuchlarning 
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Konussimon asosiy uzatmaning uzoq muddat 
ishlashi uchun tishlarning boshlang‘ich konus uchlari (vershina) 0 nuqtada bo‘lgan 
holda ularning ilashishi talab etilgan aniqlikda bo‘lishi shart. Boshlang‘ich konus 
uchlarining siljishi uzatmaning ishlash sharoitini tez yomonlashtirib yeyilishini 
tezlashtiradi va shovqinini oshiradi. Tishli g‘iddiraklarning aniq ilashishini, 
shuning bilan, ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularning podshipniklari 
oldindan tig‘izlab o‘rnatiladi va karterining bikrligi oshiriladi. Bundan tashqari 
o‘tuvchanligi yuqori bo‘lgan yengil avtomobillarda, shuningdek, yuk 
avtomobillarida qo‘llanilgan konussimon yoki gipoidli uzatmalarda, katta 
yuklanishda ishlaganda, ilashishning aniqligini saqlash maqsadida yetakchi tishli 
g‘ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka qo‘shimcha tayanchlar 
ishlanadi. 
O‘qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli uzatmaning orqa 
uchini pastroq tushiradi, bu esa o‘z navbatida avtomobilning og‘irlik markazini 
pasaytirib, uning turg‘unligini oshiradi. Bundan tashqari, gipoidli uzatmada 
tishlarning spiral burchagi katta bo‘lgani uchun, ularning uzunliga ham katta 
bo‘lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlarning soni konussimon uzatmaga qaraganda 
ko‘p bo‘lib, ilashib turgan tishlarning har biriga to‘g‘ri keladigan yukni 
kamaytiradi. Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g‘ildirak diametri bir xil bo‘lgan, 
ikki xil uzatmalar taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli g‘ildirakning 
diametri konussimon uzatmadagi yetakchi tishli g‘ildiraknikiga qaraganda 
kattaroq, ya’ni bikrligi yuqoriroq bo‘ladi. Bularning barchasi gipoidli uzatmaning 
afzalligi hisoblanib, uning mustahkamligini va uzoq muddat ishonchli shovqinsiz, 
ravon ishlashini ta’minlaydi. 
Uzatmaning kamchiliklari g‘ildirak tishlarining spirall burchagi katta 
bo‘lganligi tufayli tish sirtlari o‘zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez 
yeyiladi, yeyilishni oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida 
mustahkam moy qatlami hosil qiladigan maxsus gipoid moyidan foydalanish 
kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g‘ildiraklarini tayyorlash nisbatan 
qiyin, ularni yig‘ishdagi aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri 
tez seziladi. Lekin shunga qaramay, bu kamchiliklar gipoidli uzatmaning 
afzalliklariga hech qanday zarar yetkazmaydi. 
Chervyakli asosiy uzatmalar tishli g‘ildirakli uzatmalardan o‘zining 
ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning F.I.K. 


317
konusli va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall 
(bronza) ishlatilganligi sababli avtomobillarda deyarli qo‘llanilmaydi. 
Differensialning vazifasi va turlari. Ma’lumki, avtomobil burilayotganda 
uning g‘ildiraklari har xil yo‘l bosib turli chastotada aylanadi. Masalan, avtomobil 
burilayotganda uning tashqi g‘ildiraklari ichki g‘ildiraklariga qaraganda ko‘proq 
yo‘l bosib tez aylanadi. G‘ildiraklarni bunday turli chastotada aylanishi 
avtomobilning notekisliklarda (to‘g‘ri yo‘nalishda) harakatlanganda, shuningdek, 
g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yeyilishi yoki havo bosimi turlicha 
bo‘lganda) ega bo‘lganda ham ro‘y beradi. Yetakchi bo‘lmagan oldingi 
g‘ildiraklarni bir-biriga nisbatan turli chastotada mustaqil aylana olishini 
ta’minlash uchun ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘qlar (sapfalar)ga o‘rnatilgan 
bo‘ladi. Yetakchi g‘ildiraklarga esa burovchi moment asosiy uzatmadan uzatiladi. 
Agar burovchi moment g‘ildiraklarga bitta umumiy val orqali uzatilgundek bo‘lsa, 
avtomobil burilayotganida uning g‘ildiraklari turli chastotada aylana olmasdan 
yo‘lga nisbatan sirpana boshlaydi. Shuning uchun yetakchi g‘ildiraklarni bitta 
butun valga o‘rnatilmasdan, har biri mustaqil aylana oladigan va yarim o‘q deb 
nomlangan alohida-alohida vallarga o‘rnatiladi. 
Demak, 
differensialning 
vazifasi 
avtomobilning 
burilishida 
yoki 
notekisliklarda harakatlanganida burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga 
taqsimlash bilan ularni turli tezliqda aylana olishini ta’minlashdir. Avtomobillarda 
asosan shesternyali va kulachokli differensiallar ishlatiladi. Shesternyali 
differensiallar konstruksiyasi bo‘yicha birmuncha oddiy. 
Avtomobillarda konussimon shesternyali differensiallar keng tarqalgan 
bo‘lib, u differensial qutisi, sotollitlar, yarim o‘q shesternyalari tashkil topgan. 
Yarim o‘q shesternyalari yarim o‘qlar orqali yetakchi g‘ildiraklar bilan ulangan. 
Differensial planetar mexanizm bo‘lib, uning yetakchi zvenosiga differensial 
qutisi, yetaklanuvchi zvenosiga esa o‘lchamlari bir xil bo‘lgan yarim o‘q 
shesternyalar va kiradi. 
Differensiallar Transmissiya da o‘rnatilish joyiga qarab g‘ildirak- lararo 
(burovchi momentni bir ko‘priqdagi yetakchi g‘ildiraklarga taqsimlash) va 
o‘qlararo (4x4; 6x4; 6x6 rusumli avtomobillarda burovchi momentni yetakchi 
ko‘priklarning asosiy uzatmalariga taqsimlash)larga; burovchi momentni yetakchi 
ko‘priklarga 
qanday 
nisbatda 
taqsimlanishiga 
qarab 
simmetrik 
va 
nosimmetriklarga bo‘linadi. 
Yarim o‘qlar vazifasi va turlari. Yarim o‘qlar differensialdan burovchi 
momentni yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda ko‘llaniladigan yarim 
o‘qlarining asosiy turlari kuyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashki uchlari 
g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlis yordamida ulanadi. Ichki uchi esa 
ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan shlis yordamida 


318
biriktiriladi. 
Avtomobil harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan tashqari 
eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar avtomobilning yetakchi 
gildiraklariga ta’sir etadigan kuyidagi kuchlardan vujudga keladi radial kuch 
(avtomobilning og‘irligidan tashkil topgan reaksiya kuchi), tortuvchi kuch-R; 
yondan ta’sir kiluvchi kuch-(avtomobil burilishida xosil bo‘ladigan kuch). 
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga karab, eguvchi 
momentlardan to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Avtomobillarda 
ishlatiladigani uch xil, ya’ni eguvchi momentlardan yarim yuksizlantirilgan, 
kismga yuksizlantirilgan va tula yuksizlan- tirilgan buladi. 


319

Download 19,16 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Asosiy uzatma va  differensial:  1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish