314
29-mavzu: Asosiy uzatmalar, differensial, yarimo‘q
.
Reja:
1.
Asosiy uzatmalar.
2.
Differensial.
3.
Yarimo‘q.
4.
Asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar
Zamonaviy avtomobillarda o‘lchamlari
va massasi nisbatan katta
bo‘lmagan, tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat
hosil qiladigan dvigatellar
qo‘llanilmoqda.
Biroq shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo‘ladigan
burovchi moment (agar bu momentni o‘zgartirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo‘l
sharoitlarida yura olishiga yetarli emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning
yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi momentni oshirish
qisman uzatmalar qutisi
yordamida bajarilishini yuqorida aytib o‘tilgan. Lekin
avtomobil ish mobaynida
ko‘p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to‘g‘ri uzatmada harakatlanadi. Demak,
to‘g‘ri uzatmada dvigatel validagi burovchi moment o‘zgarmasdan, ya’ni
avtomobilning yura olishga yetarli bo‘lmagan holda yetakchi g‘ildiraklarga
uzatilgan bo‘lar edi. Shu sababli avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi
momentni (aylanishlar chastotasini kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish
uchun transmissiyaga asosiy uzatma kiritiladi (51-rasm).
51-rasm.
Asosiy uzatmaning sxemasi:
1-flanes;2-yetaklovchi val shesternyasi; 3-
yetaklanuvchi shesternya; 4-yetakla- nuvchi
shesternya; 5-yetaklovchi (orqa) hildirak; 6-yarim
o‘qlar;